I-80-2 guruh talabasi Ne’matov Ilyosning


Download 107.31 Kb.
bet4/7
Sana05.04.2023
Hajmi107.31 Kb.
#1277108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
мустақил иш Лазиз

«Artxashastra» ta’limoti.
Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqon-chilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga yer soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Qadimgi Hindistonning iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan quldorlik davlati bo’lgan. Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish olib borganlar. Qadimgi aholi boy badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o’rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o’rta tabaqaga hamda kambag’allar, qashshoqlar va qullarga bo’lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o’zlashtirganlar. Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer haydaganlar. O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga chiqarishning eng qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy Misr, Mesopotomiyada keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda “densli” nomi bilan mashhur bo’lgan. U yerda “rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib, bular Misr “atue”siga o’xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat, sholi, shakarqamishva g’o’za ekkanlar. Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor,qovun, o’rik, olma yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullangan. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mia va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero’t yaylovlar ko’p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa va eshak boqin, chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo’lga o’rgatib, ulardan xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta’minlagan. Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovor qurollar, muhrlar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan. U yeda to’qimachilik kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do’konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotomiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib brogan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan
Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil to’gan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi. Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi. «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning manbai hisobla-nadi...» Sug’orish sistemasiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayap-timi, yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil usullarini o’rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi.
Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi.

Download 107.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling