I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi


Download 45.53 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2024
Hajmi45.53 Kb.
#1831225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi-fayllar.org

Kurs ishining maqsadi: Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini organish jarayoni
Kurs ishining predmeti: Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullari
Kurs ishining vazifalari: Mustaqil taraqqiyot yillarida yurtimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlovchi mavjud qonunchilik tizimini va O‘zbekistonning bu boradagi siyosatini o‘rganish mazkur kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Shu maqsadda quyidagi vazifalarni o‘z oldimizga qo‘ydik:
- Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi va mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilish;
- O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi siyosatini o‘rganish va tahlil qilish;
- Jamiyatni demokratlashtirishda inson, uning huquq va erkinliklari, qadr-qimmati va manfaatlarining ustuvor ekanligini ko‘rsatish;
- Konstitutsiyamiz va boshqa qonun hujjatlarida inson huquq va erkinliklarining kafolatlari mazmunini ochib berish;
- Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish sohasidagi yutuqlar va muammolarni ochib berish.
Tadqiqotning vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
1.Mavzuga doir ma’lumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish
2. Huquqiy ong: tushunchasi,tarkibiy qismlari haqida o’rganish
3.Kurs ishini jihozlab uni himoyaga tayyor qilish
I BOB. HUQUQIY ONG,HUQUQIY TAFAKKUR VA MA’NAVIYAT OLAMI
Adabiyotlarda huquqiy ongning bir qancha ta’riflari shakllantirilgan. Ularni umumlashtirgan holda quyidagi ta’rifni keltirish mumkin. Huquqiy ong, bu avvalo, insonlarning mavjud huquqiy tizim, qonunchilik va boshqa (amaldagi va idealdagi) huquqiy hodisalarga nisbatan munosabatini ifodalovchi tasavvurlar, bilimlar, axborotlar va his-tuyg‘ular yig‘indisidir. Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquq haqidagi, ijtimoiy hayotda real mavjud bo‘ladigan huquqiy hodisalar haqidagi qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, baholashlari, ruhiy munosabatlari majmuidir. Shu nuqtayi nazardan huquqiy ongning tabiati va mohiyatiga yondashiladigan bo‘lsa, uning mazmunida mustaqillik yillarida jamiyatda qaror topayotgan demokratik huquqiy qadriyatlar va tamoyillar, huquqiy tizimdagi islohotlar va modernizatsiyalash jarayonlari xususidagi fuqarolarning qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, ruhiy kechinmalari majmui aks etadi. Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi, madaniyati va huquqiy savodxonligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasida «aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish» ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi1. Mazkur vazifani bajarish uchun mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, huquqiy bilimlar hamda qonunlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli maqsadli choratadbirlar dasturini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish zarur. Huquqiy ong huquq bilan umumiy ildizlar, jihat va tabiatga ega. Huquqiy
ong jamiyatning obyektiv ehtiyojlari va manfaatlari, turli ijtimoiy guruhlarning ta’sirida shakllanadi; o‘zgarib boruvchi hayotiy shart-sharoitlar va jarayonlar tufayli jo‘shqin rivojlanadi; huquqiy ong ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lganligi bois falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlarning ta’siriga uchraydi. O‘z in’ikosini ongda (individual ongda, guruh ongida va hokazo) topadigan hayotiy shart-sharoitlar, ehtiyojlar, manfaatlar amaldagi yuridik huquqlar va majburiyatlarning o‘zaro nisbati – huquqiy ongning xususiyat – belgisidir. Huquq to‘g‘risidagi g‘oyalar, tasavvurlar, xulosalar bunday nisbatning natijasi hisoblanadi. Insonning hech bir faoliyatini uning ongidan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demakki, biror-bir huquqiy hujjat, birorta yuridik munosabat huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkuradan tashqari amalga oshmaydi.
Qolaversa, huquqiy ong falsafiy nazariyalar, mafkuraviy qarashlar, diniy doktrinalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Abu Nasr Forobiyning fikricha, huquq
normalari, ular bajarilishining shartligi va majburiyligi komil insonlar ongining bir
qismi bo‘lishi kerak, shuning uchun huquq ma’naviy hodisa hisoblanadi. I. Kant, G. Gegel esa huquqning majburiyligini inson erkinligini tartibga solishning tashqi vositasi ekanligini ta’kidlaydilar. Ba’zilar esa huquqni ijtimoiy munosabatlarning sinfiy tartibga soluvchi vosita deb tushunganlar. Yana bir toifa mutafakkirlar huquqni inson tabiiy huquqlarining rasmiylashtiruvchi vosita va kafolati, deb e’tirof etganlar (Sh. Monteskye, J.J. Russo). Huquqiy ong huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uni inson, inson ongi va faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Huquqiy ongning jamiyat hayotini tashkil etishga ko‘rsatadigan ta’siri beqiyosdir. Zikr etilgan ta’sirni ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sifatida huquqiy ongni huquqiy tartibga solish mexanizmiga taalluqliligi bilan izohlash mumkin. Uning huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiy qismi ekanligining xususiyati shundan iboratki, huquqiy ongning roli huquqiy ta’sir ko‘rsatishning hech bir bosqichi bilan cheklanmaydi. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham, huquqni amalga oshirish bosqichida ham amal qiladi. Huquqiy ong huquqiy tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida – huquq normalarida,
huquqiy munosabatlarda, huquqni ro‘yobga chiqarishga doir hujjatlarda u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi. Huquqiy ong huquqni amalga oshirish bosqichida, yuridik huquqlar va majburiyatlarni hayotga tatbiq etish jarayonida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyat hayoti shuni ko‘rsatadiki, ong, fikr, iroda kuchi, turmush tarzihaqiqatan ham odamlarning xulq-atvorini boshqaradi, u turmushning barcha
sohalarida, shu jumladan, huquqiy sohalarida individlarning xatti-harakatlari hamda faoliyatiga turtki beradi va ularni tartibga soladi. Huquqiy ongning mo‘tadilligi uning sifat tavsifi, ayrim elementlari jamiyat huquqiy hayoti ishtirokchilari xulq-atvorining qonuniy bo‘lishini, ular o‘z subyektiv huquqlaridan faol foydalanishi va uni himoya qilishini, zimmadagi majburiyatlarni ongli ravishda bajarishini, huquqiy faoliyatni ijtimoiy nazorat qilishda ishtirok etishini ta’minlovchi xususiyatlarini anglatadi. Qonun ustuvorligini tan olish, qonunni hurmat qilish yuksak huquqiy ongning xususiyati va yorqin ifodasidir.
Huquqiy ongning nazariy jihatlari huquqiy tafakkur hodisasida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda «huquqiy tafakkur» kategoriyasi ma’nosini oydinlashtirib olaylik. Avvalo, huquqiy tafakkur insonning atrofdagi huquqiy voqelik haqida yuridik kategoriyalar vositasida ijodiy fikrlash, faol aqliy tahlil yuritish qobiliyatidir

Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling