I. Asosiy qism: I. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish


I. 2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish


Download 310.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana22.12.2022
Hajmi310.57 Kb.
#1042024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizika o`qitishda o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish

I. 2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
O’quvchilarning shaxsidagi tipik farqni hisobga olib tashkil etilgan o’quv-
tarbiyaviy 
jarayonni 
tabaqalashtirish, 
bunday hollardagi o’qitish esa 
tabaqalashtirilgan o’qitish deb ataladi. O’qitishni tabaqalashtirish o’quvchilarni 
kasbga yo’naltirishni yaxshi yo’lga qo’yish imkonini beradi, chunki u 
o’quvchilarda yetarlicha qiziqish uyg’otgan fanlarni chuqur o’qitishga asoslanadi.
O’qitishni tabaqalashtirish ichki va tashqi tabaqalashtirishga bo’linadi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda, agar o’quvchilarning 
xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchining oddiy sinfdagi ish sharoitida amalga 
oshirilsa, o’qitishni ichki tabaqalashtirish deb ataladi.
Tashqi tabaqalashtirish o’quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish 
uchun ularni maxsus (maktab, sinf) guruhlariga birlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogika amaliyotida o’qitishni tabaqalashtirishning quyidagi 
turlari mahlum:
a) layoqati bo’yicha;
b) balog’at yoshida rejalashtirayotgan kasbiga qarab;
v) qobiliyatiga qarab;
g) qiziqishlariga qarab.
Fizikani o’qitishni tabaqalashtirishni 14-15 yoshda boshlash maqsadga 
muvofiq.
Hozirgi vaqtda fizikani tabaqalashtirishni uch shakli mavjud: 
1) fakulttativ mashg’ulotlar; 
2) fizikani chuqur o’rganiladigan sinflar; 
3) fizika chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan litseylar.
Fakultativ kurslar 1967 yildan boshlab tashkil qilina boshladi. Ularda berilgan 
fanga yuqori qiziqish bildirgan o’quvchilar qatnashadi. Fakultativ mashg’ulotlarda 
o’quvchilar fizika va unig texnikadagi asosiy qo’llanishlari asosida tayyorgarlik 
ko’rishadi. Fakultativlar tizimini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) fizika kursiga qo’shimcha bob va masalalar; 
2) maxsus kurslar.


13 
Fakultativlar (“Qo’shimcha bob va savollar”) asosiy fizika kursining dasturiga 
moslashtiriladi va uncha ko’p bo’lmagan chuqur o’rganish uchun tanlab olingan, 
ilmiy yoki amaliy sohadagi muhim mavzulardan iborat.
Maxsus fakultativ kurslar yo bitta bo’limga, yoki amaliy xususiyatga taalluqli 
savollarni qamrab oladigan qilib tuziladi. Bunday kurslar asosan fizika va 
matematika chuqur o’rganiladigan maktab va sinflarda yo’lga qo’yiladi, oddiy 
maktablarda esa asosiy fizika kursi bilan yaqindan bog’liq fakultativlar afzal 
ko’riladi.
Fizikadan fakultativ mashg’ulotlar uchun to’rtta tipda kurslar ishlab chiqilgan: 
1) 
asosiy fizika kursi bilan uzviy bog’langan yuqori saviyadagi fakultativ 
kurslar; 
2) 
amaliy fizika fakultativ kursi fizik qonun va hodisalardan 
foydalanishning asosiy yo’llari va metodlari bilan tanishtirish, zamonaviy 
texnikaga qiziqishni rivojlantirish bu kursning asosiy vazifasi hisoblanadi; 
3) 
fizik-texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kurs; 
4) 
fizikaning birorta bo’limini chuqur o’rganuvchi fakultativ maxsus 
kurslar.
Fakultativ mashg’ulotlarni tashkil qilishda ularning ixtiyoriyligidan kelib 
chiqish lozim, bu narsa o’qituvchiga qo’shimcha mahsuliyat yuklaydi; u 
o’quvchilarda fizikaga qiziqishni uyg’otishi va rag’batlantirib borishi, ularda 
mustaqillikni rivojlantirishi kerak. fakultativ mashg’ulotlar uchun guruh 15 
kishidan kam bo’lmagan ishtirokchilardan tuziladi.
Guruhlarni tuzishda o’quvchilar uchun hech qanday tanlov sinovlariga yo’l 
qo’yilmaydi.
O’quvchilar o’zlari uchun u yoki bu fakultativni ixtiyoriy tanlaydilar, lekin 
bundan so’ng hamma mashg’ulotlarni bajarish, sinovlarni to’shirish va 
hokazolarga majburdirlar. Fakultativ mashg’ulotlardagi bilimlarni baholashda faqat 
o’quvchilarning yutuqlari qayd etiladi, kamchiliklari emas. O’qituvchining 
yo’qlamasi bo’yicha og’zaki javobdan ko’ra referatlar, xabarlar, masala va 
asboblarni loyihalashtirishning original yechimlari bilim olishdagi ixtiyoriylik 


14 
ruhiga ko’proq javob beradi. Bu narsa fakultativ kursni o’rganishga qiziqish va 
hohishni oshiradi, vaziflarni yaxshi bajarish uchun rag’bat uyg’otadi.
Fakultativ mashg’ulotlarda o’quvchilar bilan ishlashning turli shakllaridan 
foydalanish kerak; o’qituvchining bayoni va ma'ruzasi, o’quvchilar qisqacha 
bayonot beradigan seminarlar, suhbat davomida kursning alohida savollarini 
muhokama qilish; o’quv spravochnik va ilmiy-ommabop adabiyot bilan mustaqil 
ishlash, referatlar tayyorlash, laboratoriya ishlari va eks’erimentlarni bajarish, 
uncha murakkab bo’lmagan loyihalashlarni bajarish, masala yechish, 
o’qituvchining kirish va umumlashgan ma'ruzalari, yirik bo’limlarni o’rganib 
bo’lgach yakunlovchi anjumanlarni o’tkazish mumkin. Hamma hollarda 
mashg’ulotlarning jamoa, guruh va yakka-yakka shakllarini bir vaqtning o’zida har 
bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda qo’shib 
olib borish zarur. O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil 
ishlash uchun vazifalarni qiyinligiga qarab tabaqalashtirish muhim.
Yuqori saviyadagi fizika kursi oddiysidan hajmi bilan emas, balki 
qaralayotgan hodisalarning chuqur o’rganilishi bilan farq qiladi.


15 

Download 310.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling