I bob. Ingliz tilida so'z va uning yasalishi
Download 191 Kb.
|
Conversiya so'z yasalishi
Mavzuning dolzarbligi Tilshunoslikda so’z va uning yasalish, tuzilishi har doim ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. So’z yasalishi tilda mavjud bo’lgan material va imkoniyatlar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. Bu jarayon til lug’at tarkibini muntazam boyib borishiga xizmat qiladi.
So’z yasalish masalalari tilshunoslikda fonetika, grammatika, lksikologiya sohalari bilan birga doimo maxsus o’rganib kelinadi. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlasak, so’z yasalishi, u bilan bog’liq bo’lgan hodisalar, shuningdek, so’z yasalishi bahsning predmeti aniq bo’lsada, lekin bu soha tilshunoslikning boshqa bo’limlariga munosabati, uning tilshunoslikdagi o’rni masalasida bir fikrga kelinmagan edi. Ko’pchilik ilmiy asarlarda so’z yasalishi grammatikaning bir qismi sifatida talqin etilgan bo’lsa, ayrim adabiyotlarda u leksikologiya tarkibida berilgan, hatto, so’z yasalishining mutlaqo leksikologiyaga mansub emasligi ham ta’kidlanadi. Ma’lumki, tilshunoslik sohasi keng qamrovli sohalardan bo’lib, unda mavjud bo’lgan har bir bo’lim chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Bizga ayonki, umumiy tilshunoslikning o’rganish obyekti so’z va so’z yasalish hodisasi hisoblanadi. So’z yasalish masalasi muhim ahamiyatga egadir va u tilshunoslar tomonidan tan olingan, ammo turlicha talqin qilinadi. So’z yasalish hodisasida qo’shma so’zlarning o’rni beqiyosdir. So’zlarning umumiy klassifikatsiyasi bo’yicha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lishiga qaramay, undagi juda ko’plab savollar haligacha o’z yechimini topa olgan emas. So’nggi yillarda esa, tilshunoslikda yangi uslub va yo’nalish sifatida kogntitiv tilshunoslik shiddat bilan kirib keldi.. Jumladan, ingliz va o’zbek tillaridagi konversiya usulida yasalgan so’zlar ham anchagina shuning uchun ham ularni o’rganish va tadqiq qilish ushbu kurs ishining dolzarbligini bildiradi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling