I bob. Qadimgi xitoy madaniyati


Buyuk Xitoy devorining qurilishi


Download 55.18 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi55.18 Kb.
#1557529
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
qadimgi xitoy madaniyati

Buyuk Xitoy devorining qurilishi. Qadimgi tarixchilarning, xususan m.avv. II asrdayashagan Xitoy tarixchisi Sim-Syanning bergan ma'lumotlariga ko'ra, m.avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo va unga tutash bo'lgan ulkan hududda jun, dunxu. xunn (syunnu). yuechji va boshqa jaiigari ko‘chmanchi qabilalar yashagan. Ayniqsa, junlar va xunnlar xitoyliklarning ashaddiy dushmanlari edi. Asrlar davomida junlar ham, xunnlar ham ba’zan ular birlashib Xitoy podsholiklari ustiga bir emas, bir necha marta bostirib kirib, Xitoy shahar va qishloqlarini vayron etib. ekinzor va bog'larni payhon qilganlar. Ular aholini qirg'in barot-qilib, ko'plarini asir qilib olib ketar edilar. Xitoy podsholari mamlakatni ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida “Buyuk Xitoy devori"ni qurdirganlar. Ma'lumki. Buyuk Xitoy devorining qurilishi m. av. IV asrlarda boshlangan edi. Sin Shi Xuandi Buyuk Xitoy devori qurilishiga juda katta e'tibor bergan. Solnomachilarning bergan ma‘ lumotlariga qaraganda. devor qurilishi ishiga sarkarda Min Ту an qo‘shinidan uch yuz ming askar jalb qilingan. Devor qurilishida ikki millionga yaqin harbiy askar, qul va mahbuslar, shuningdek oddiy dehqon va hunarmandlar jami 2300000 kishi ishlatilgan. Devor Lyaodun qo‘ltig‘i qirg'og'idagi Shanxayguan shahridan boshlangan. Sharqiy Xitoyning shimol tomonidagi to’g’ to’g' yonbag'ri, tekisliklarni oralab ikki joyda Xuanxe sohillariga kelib taqalgan. Devor Xuanxening chap sohilidan g'arb tomon yo'nalib Alashon dashtining janubi, kichik yuyechjilar yashaydigan tog'larning shimoliy yonbag'ri bilan davom ettirilib, Xitoyning mashhur Dunxuan harbiy qal’a-istehkomiga borib tutashadi. Devorning umumiy uzunligi 4000 km boiib. dunyoda qurilgan hamma devorlardan uzun va kattadir. Ba'zi adabiyotlarda uning uzunligi 5000-6000 km deb yozilgan. Balandligi 10 metrdan ziyod, qalinligi 5,5-7 metr bo'lgan. Devor tosh, g'isht. loy, paxsa va maxsus qotishmalardan qurilgan.
Devor bo'ylab har 60—100 metrda mustahkam mudofaa minoralari bino qilingan. Devor va istehkomlaming yuqori qismi kungurador bezaklar bilan jihozlangan. Ayni paytda devorlarning yuqori qismida kamondan dushmanlarga o'q otish uchun maxsus teshiklar - shinaklar qoldirilgan. Devor usti shunchalar qalin bo'lganki, unda besh qator otliq askar yonma-yon yura olgan. “Buyuk Xitoy devori" aslida harbiy mudofaa maqsadlarida qurilgan. Lekin undan savdo-sotiq maqsadlarini amalga oshirish uchun ham foydalanilgan. “Saddi Chiniy” dunyodagi eng ulkan. eng katta devor bo‘lgani uchun u “Buyuk Xitoy devori" deb ataladi. Devor bundan 2400-2200 yillar ilgari qurib bitkazilganligiga qaramay uning ko'p qismi hozirgacha yaxshi
saqlanib qolgan. Devor hozir ham uni ilgari ko'rmagan xitoyliklarni va xorijiy sayyohlarni havratga solib kelmoqda.

Download 55.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling