Savol: Qiz dor ustida langarcho‘p o‘rnida qaysi ikki predmetdan foydalangan?
Javob: Qilich va tarozi.
Izoh: Adolat ramzi hisoblangan Femidaning qo‘llarida tarozi va qilich bo‘ladi.
8. Avar xalq maqoli:
Odam kiyim kiyganda bilinadi, botir esa ....
Savol: Uch nuqta o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javob: Ot minganda.
Izoh: Ot minish bu avar xalqiga xos jihat.
9. Headmaster [hedmastr] so‘zi ingliz tilidan “direktor” deya tarjima qilinadi. Ba’zi hazilkashlar esa bu so‘z bilan boshqa bir kasb egalarini atashadi.
Savol: Qaysi kasb egalari?
Javob: Sartaroshlar.
Izoh: Headmaster so‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi “bosh ustasi” bo‘ladi.
10. Qozonning Rubin futbol klubi prezidenti o‘z intervyularidan birida Qurbon Berdiyevni murabbiy sifatida klubga taklif qilganini aytadi. Murabbiyning qaror qabul qilishida o‘zi ilgari ishlagan Smolensk shahrida Ularning yo‘qligi hal qiluvchi sabab bo‘lgan ekan.
Savol: Ularni toping.
Javob: Masjidlar.
Izoh: Qurbon Berdiyev taqvodor murabbiylardan biri hisoblanadi. U oldin Smolensk shahrining “Kristal” jamoasida faoliyat yuritgan. Ammo shaharda masjid yo‘qligi uning Rubin klubiga o‘tishiga sabab bo‘lgan.
II tur
1. Ulyanovsk shahrida joylashgan bir muassasada aka-ukalar Lui va Ogyust nomiga qo‘yilgan 2 ta zal mavjud.
Savol: Bu qanday muassasa ?
Javob: Kinoteatr.
Izoh: Kinoteatr “Lyumyer” deb nomlanib, unda “Lui” va “Ogyust” nomli 2 ta zal bor. Aka-uka Lui Lyumyer va Ogyust Lyumyer kino asoschilari hisoblanadi.
Manba: https://ulyanovsk.kinoafisha.info/cinema/8159706/
2. Ostap Vishnyaning yumoristik ertagiga ko‘ra, o‘rmonda ayiqni oson ovlash uchun daraxtga ushbu matematik yozuvni ilib qo‘yish kerak. Natijada buni ko‘rgan ayiqning jahli chiqadi, depressiyaga tushadi va haqiqatning o‘zgarganiga chidamay boshini daraxtga urib nobud bo‘ladi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bunday xatolikni Jorj Oruell va O‘tkir Hoshimovda ham uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |