Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet14/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Xronik pielit aksariyat isitma ko’tarilishi (37,50) bilan kechadi. Orqadan buyrak sohasi tukkilatib ko’rilganda og’riq seziladi. Siydik tekshirilganda o’tkir pielitdagi kabi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Leykositlar deyarli kam uchraydi. Ba’zi hollarda pielit asorati nefritga va pielonefrozga aylanishi mumkin.
Davolash va oldini olish. Avvalo kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotish zarur. Basharti pielitni, infeksiya keltirib chiqargan bo’lsa, davo choralari infeksiyaga qarshi qaratilmog’i lozim. Agar kasallikka buyrak toshi sabab bo’lsa, toshni olib tashlash kerak. Bemorning gavda temperaturadi ko’tarilib ketsa va og’riq paydo bo’lsa, kasalxonaga yotqizish kerak. Unga sulfanilamid preparatlari, xususan urosulfan, sulfadimizin, norsul’fazol beriladi. Septik infeksiyada esa penitsilin, tetratsiklin, sintomitsin, levomitsitin kabi antibiotiklardan foydalaniladi. Siydik yo’llarining infeksiyali kasalliklarida furadonin yaxshi foyda beradi. Ba’zan venaga urotropin eritmasi yuboriladi.
Buyrak jomidagi yiringli siydik tozalab yuvilib, ketishi uchun bemorga ko’p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Bundan tashqari ayiq quloq o’simligining bargini qaynatib ichish, siydik haydovchi har xil o’simliklar aralashmasini damlab ichish buyuriladi. Bemor iste’mol qiladigan taomlar buyrakning ishiga halal bermasligi kerak. Sutli va o’simlik taomlari bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buyrak sohasida og’riq bo’lsa, isituvchi grelka va iliq vanna, diatermiya buyuriladi.
Pialetning oldini olish uchun o’tkir yuqumli kasalliklarga qarshi chora ko’rish, shuningdek, buyrakda tosh bo’lsa, o’z vaqtida xirurgik usul bilan olib tashlash kerak.

Sistet


Qovuq shiliq qavatining yallig’lanishi sistet deyiladi.


Etiologiyasi. Sistet qovuqdagi turli organik toshlar hamda turli uyuvchi ximiyaviy moddalar ta’sirida paydo bo’lishi mumkin. Bundan tashqari siydik chiqarish kanali gipertrofiyaga uchraganda uni prostata bezi ezib quyganda qovuqda siydik dimlanishi ham sistet paydo bo’lishiga imkon beradi. Nihoyat, qovuqqa yaxshilab sterillanmagan kateter kiritilganda ham unfeksiya tushishi mumkin. Kechishiga qarab o’tkir va xronik sistet farq qilinadi.
Belgilari. O’tkir sistetda gavda temperaturasi ko’tariladi. Siydik tez-tez kelib (dizuriya), og’riqli bo’ladi, qorinning pasti simillab og’rib turadi. Siydik cho’kmasida leykositlar, ko’p miqdorda epiteliy to’qimalari, ritrositlar uchraydi. Kasalliklar 5-10 kun davom etishi mumkin. Xronik sistetning asosiy belgilaridan biri siydikda ko’p miqdorda leykositlar bo’lishidir. Siydik loyqa, ishqoriy reaksiyali bo’lib, o’ziga xos o’tkir hid kelib turadi. Xronik sistet uzoq vaqt-yillab davom etishi mumkin.
Davolash va oldini olish. O’tkir sistetda bemor o’rinda yotishi kerak, unga ko’p suyuqlik (sut, mineral, ishqorli suvlar) ichish buyuriladi. Parhez tayin qilinadi: sutli va sabzavotli ovqatlar beriladi. Iliq vannaga tushish, buyrak sohasiga issiq grelka quyish tavsiya etiladi. Dorilardan sulfanilamid preparatlari, furadonin, antibiotiklar beriladi. Xronik sistetda parhezdan tashqari, mineral suvlar va dezinfiksiyalovchi dorilar berib, qovuq kaliy, permanganat (margansovka) ning suyuq eritmasi bilan yuviladi. Qolgan davo choralari pielitdagi kabi.
Sistetning oldini olish kasallikning avj olishiga imkon berdigan sabablar(qovuqdan siydik to’xtab qolishi, kateterni yaxshilab sterillamasdan kiritish, so’zak, pielitni to’la davolamaslik va boshqalar) ni bartaraf etishdan iborat.

Nefroz


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling