Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Download 1.2 Mb.
bet11/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 MAVZU.

Talab va taklif birgalikda

Talab va taklif alohida tahlil qilingach, biz endi ularni bozorda sotiladigan tovar narxi va miqdoriga ta’sirini aniqlash maqsadida birgalikda ko`ramiz.

Muvozanat


  1. rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chizig’lari birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganigae’tibor berish lozim. Bu nuqta bozor muvozanati deb ataladi. Bu kesishish nuqtasidagi narx muvozanatli narx, miqdor esa muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq.

Lug’at muvozanat so`zini turli xil kuchlarning tenglik holati sifatida ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar sotib olishga tayyor vaqodir bo`lgan tovarlar miqdori, sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir bo`lgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozorni tozalovchi narx deyiladi, chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.

Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni tabiiy ravishda talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor narxi muvozanatli narxga teng bo`lmagan holatda nima bo`lishini ko`rib chiqish lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-shakl (a). Narx $2.50 bo`lganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) mahsulotga bo`lgan talab miqdoridan (4 dona muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq sotuvchilari muzlatgichlari ular sotishni hohlaydigan ammo sota olmaydigan muzqaymoqlar bilan to`ladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi mahsulotga bo`lgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu holatda birdona muzqaymoq uchun narx $1.50 va mahsulotga bo`lgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling