Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish. 1 2
Moliyaviy ta’sir ko’rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin
Download 6.25 Mb.
|
European and American Business Style Report (1)
Moliyaviy ta’sir ko’rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
mahalliy soliqlar; byudjetga soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlar; faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli moliyalashtirish; davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari. Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining konkret turlari, ularni jalb (mobilizatsiya) qilish va taqdim etish metodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda moliyaviy tartibga solishning usullarini o’zida mujassam etadi. Mablag’larni undirish (olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning konkret printsiplari bunday ta’sirning xarakterini aniqlab beradi. Va, nihoyat, moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Bu narsa, o’z navbatida, mablag’larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Oxir oqibatda moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona bojlarining darajasi, davlat korxona-lari mahsulotining bahosi, valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy- qonunchilik fao-liyati va boshqalarga ta’sir ko’rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasida ijobiy o’zgarishlar bo’lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amali-yotda bu narsaning sodir bo’lishi ancha murakkab bo’lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday kompleks tadqiqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda masala o’z-o’zidan hal bo’lib ketishi mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, “metod” sifatida moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. YaIMning hajmi va o’sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta o’ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni, bu o’rinda, ana shunday ob’yektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling