Ijtimoiy jarayonida muhitning oʼrni. Pedagogika va ijtimoiy peda gogika kategoriyalari Reja


Download 0.61 Mb.
bet4/4
Sana04.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1078360
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoy jarayon

Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy jadvallar ham taklif etilgan, Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining “davrlarini” taklif etavergan. Zero insonning hayotiy yo‘li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi. Bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

  • Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy jadvallar ham taklif etilgan, Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining “davrlarini” taklif etavergan. Zero insonning hayotiy yo‘li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi. Bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
  • Davrlarga bo‘lishga qaratilgan tasniflarning o‘zi ham ikki turli bo‘ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy ( inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan). Masalan, juz’iy tasnifga J.Piajening intellekt rivojlanishidagi bosqichlarga bo‘lishni kiritish mumkin.

Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:

  • Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
  • sensomotor intellekti - tug‘ilgandan 2 yoshgacha;
  • operatsiyagacha tafakkur davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha;
  • aniq operatsiyalar davri - 7, 8 yoshdan -11,12 yoshgacha;
  • rasmiy operatsiyalar davri.12-14 yoshgacha.
  • Fransuz psixologi A. Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
  • homilaning ona qornidagi davri;
  • impulsiv harakat davri -tug‘ilgandan 6 oylikkacha;
  • his-tuyg‘u davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha;
  • sensomotor (idrok bilan harakatning uygunlashuvi) davri - 1 yoshdan
  • 3 yoshgacha;
  • personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha;
  • farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
  • jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.
  • Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P. P. Blonskiy, B. G. Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o‘zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi.
  • Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling