Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari. Reja: Kirish


Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar


Download 114.47 Kb.
bet3/3
Sana13.09.2020
Hajmi114.47 Kb.
#129473
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan


Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv – barkamol avlodni tarbiyalash garovi.Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib, hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi Farmoni bilan musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi (“Xalq so‘zi”, 2017 yil 17 fevral).



Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti ob’ektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport va yo‘nalishi bo‘yicha 256ta sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlar Xalq-ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali:



  1. Amalga oshiriladigan tadbir tufayli:

  1. 251 ta umumta’lim maktabi quriladi.

  2. 12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport zallari barpo etiladi;

  3. 9 ta yopiq suzish havzalari qurilib, 2 tasi rekonstruksiya qilinadi;

  4. 8 ta bolalar musiqa va san’at maktabi yangidan quriladi va 12 tasi rekonstruksiya qilinadi.

  5. Bu chora-tadbirlar bolalar uchun sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tomonidan 373200 million so‘m hajmida mablag‘ ajratiladi.

  1. Erishiladigan natijalar:

  1. CHora-tadbirlar natijasida bolalar sportining ommaviyligi oshadi.

  2. Musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Umuman, umumiy o‘rta ta’limi tizimi islohotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqur o‘rganish yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tizimda rahbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi bo‘yicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq rahbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o‘z mahoratini oshirdi.



Hozirgi kunda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o‘vituvchilar bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o‘qituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qolgan 2869 nafar o‘qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o‘z bilimini oshirib bormoqda.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, Ijtimoiy muammolarni hal etishning muhim yo'llaridan biri aholini ijtimoiy muhofaza qilish hisoblanadi islohatlar chuqurlashuvi va bozor iqtisojdiyotiga o'tishga qarab aholini ijtimoiy ximoyalash mexnaizmlari, shakllari va tengsizlik hamda kambag'allikning qisqarish usullari o'zgaradi va takomillashadi.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va yordam berish dasturi asosiga kambag'allik yukini engilashtiruvchi aniq maqsadli vazifalar qo'yildi. Mamlakatda ijtimoiy himoyaning yangi dasturi ishlab chiqilgan bo'lib ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga va uni uzliksizligini ta'minlashga qaratildi. Aholini sotsial himoyalashning hozirigi tizimi davlat byudjeti mablag'laridan moliyalashtirish bilan birgalikda, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari va xayr-ehson fondlarini mablag'lari ham qamrab olindi.

Investitsiyalarni jalb qilish barcha davlatlar uchun muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash qo'shimcha mablag' qo'yilmalari talab etadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investorlari ishtirokini kengaytirlmay turib iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jixozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishini jadallashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va zaxiralarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyalarni o'zlashtirish orqali baqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun xizmat qiladi.

Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda .

Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO’YHATI

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T. “O’zbekiston”, 2009 yil.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida” 2004 yil 26 avgustdagi Qonuni.

  3. Ўзбекистон Республикасининг «Инвестиция фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, // Солиқ тўловчининг журнали. №2, 1999.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida” Qonuni 1999 yil 14 aprel

  5. O’zbekistan Respublikasi Prezidentining «2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli Qarori

  6. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T., «O’zbekiston», 1995 yil.- 269 b.

  7. 24.Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. -T. “O’zbekiston”, 2010. -80 b.

  8. 25. Karimov I.A. ”2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi.” T.“O’zbekiston” MIU,2012 yil.

  9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” 4947-сонли Фармони, 224-банд.

  10. Vahobov A., Srojiddinova Z. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya”. 2002.

  11. Ваҳобов А., Срожидиннова З. Государственный бюджет. Учебник. – Т.: Иқтисод- молия. 2007.

  12. Vahobov A., Qosimova G., Jamolov H. Byudjet – soliq siyosati yaxlitligi. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-moliya. 2005.

  13. Vahobov A., Malikov T. Moliya: umumnazariy masalalari. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya” 2008 yil.

  14. Qosimova G. G’aznachilik faoliyatini tashkil etish. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisod-moliya”. 2005.

  15. Qosimova G.A. Mahalliy byudjetlarni tuzish va ijrosini ta’minlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Fan va texnologiya”. 2007yil.

  16. Haydarov N.H. Davlat moliyasini boshqarish. O’quv qo’llanma. T.: Akademiya., 2005.

  17. http://www.cer.uz.

  18. http://www.review.uz.

  19. http://www.federalreserve.gov.

  20. http://www.imf.org.



1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2014-йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2015-йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузасидан. /Халқ сўзи 2014 йил 18-январь /

2Қаранг: Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль.

3Шавкат Мирзиёев.Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз! Халқ сўзи. 2016 йил 15 декабрь.

4 Иқтисодий адабиётлардан фойдаланган ҳолда муаллиф томонидан тузилган

5 Ўзбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти тўғрисида”ги Қонуни 1998 йил 24 декабрь. // Солиқ ва божхона хабарлари, 1999 йил. 4-сон, - Б.3.

6 Ўзбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти тўғрисида”ги Қонуни 1998 йил 24 декабрь.

7 Ўзбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти тўғрисида”ги Қонуни 1998 йил 24 декабрь. // Солиқ ва божхона хабарлари, 1999 йил. 4-сон, - Б.3.

8 Турли манбалар асосида муаллиф томонидан тузилган.

9 Ўзбекистон Республикасининг “Чет эл инвестициялари тўғрисида”ги Қонуни, 1998 йил 30апрел. // СОлиқ ва божхона хабарлари, 1998 йил, 24-сон, - Б.3.

10 Насритдинов С.С. Миллий иқтисодиётни модернизациялашда инвестициялардан фойдаланишнинг назарий асослари ва самарадорлигини ошириш йўллари. Иқт.фан.номзод.илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. Тошкент, 2008, - Б.17.

11 Вахобов А.В. Хожибоқиев Ш.Х. Муминов Н.Г. Хорижий инвестициялар. Ўқув қўлланма (и.ф.д., проф. А.В. Вахобовнинг умумий таҳрири остида. – Т.: “Молия”, 2010, - Б.174.

12 Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги нутқи. // Халқ сўзи, 2016 йил 9 сентябрь.

13 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 28 декабрдаги "Ўзбекистон фахрийларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш "Нуроний" жамғармаси фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПФ-4906-сонли Фармони.

14 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 28 декабрдаги "Кексалар ва ногиронларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПҚ-2705-сонли, қарори. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 1-сон, 10-модда.

15 Кексалар ва ногиронларни қўллаб-қувватлаш кучайтирилади. - https://www.gazeta.uz/uz/2016/12/29/keksalar.

16Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” 4947-сонли Фармони, 241-банд.

17Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” 4947-сонли Фармони, 222-банд.

18Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” 4947-сонли Фармони, 224-банд.

Download 114.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling