Innovatsion iqtisodiyot


Endogen o‘sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta’siri


Download 103.68 Kb.
bet6/7
Sana20.10.2023
Hajmi103.68 Kb.
#1711569
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Endogen o‘sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta’siri

“Keyingi paytlardagi innovatsiyalar oqimi IIRda uyushtirilgan “poyga” uchun stoxastik jarayonlar modellashtirilgandir”6. XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Xorijiy adabiyotlarda “innovatsion infratuzilma” atamasi yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishda o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar yig‘indisi sifatida ta’riflanadi.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub’ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar jamlanmasidir.
“Agar muvaffaqiyatli innovatsiyalar Puassonning stoxastik jarayoni sababli tez sur’atli (u) ravishda amalga oshadi deb qabul qilsak, unda ma’lum bir davrda firmaning muvaffaqiyatli innovatsiyalardan foydalanayotganligi dt udt ga o‘zgaradi. SHunda kutilgan monopoliya daromadi π SHumpeter bo‘yicha muvaffaqiyatli tadbirkor uchun quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
π (n,u)=r(n)u – c(u, f) (1.2)
bu erda:
r=r(n) – oniy monopol daromad bo‘lib, u innovatsion musobaqa g‘olibi tomonidan erishiladi va c (u,f) – xarajatlar funksiyasi tez sur’atlilik u va o‘zgarmas harajatlar f kesishganligi”7.

      1. Bilimlar diffuziyasi

Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi. Innovatsion jarayon ettita elementni o‘z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi.
“Vaqtinchalik monopol foydani qo‘llab quvvatlanishi ustundir. Ortiqchalikni inkor etilishi ta’siri firmalarning investitsiyaviy qarorlarini keskinlik bilan qabul qilishiga olib keladi. CHunki, kutilgan daromad aslida yuqoriroq bo‘ladi. SHu ortiqchalik samarasiga bog‘liq holda bilimlar diffuziyasi dasturiy ta’minotlar texnologiyasi va transmilliy kompaniyalar tomonidan ko‘paytirilgan bevosita investitsiyalar orqali sur’atlar tezlashtiriladi”8.


Download 103.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling