Insituti biologiya o’qitish metodikasi


Download 47.5 Kb.
bet14/17
Sana02.01.2022
Hajmi47.5 Kb.
#200615
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
MUS TALIM BOTANIKA

Fotoperiodlik. Yerning quyosh atrofida aylanishi natijasida unga
tushayotgan yorug'lik davrlar bo'yicha o'zgaradi. Buning natijasida fasllar, kun va
tunning uzun yoki qisqaligi kelib chiqadi. Yorug'likning ta'sir qilish tezligiga qarab
o'simliklar o'zlarining hayot-faoliyatini o'zgartiradi. Yorug' kunning uzunligi va
haroratning o'zgarishiga qarab organizmlar «vaqtni aniqlaydi», yorug'lik
parametrlari miqdorini belgilaydi. Organizmlarning kunduz bilan tunni farqlay
olishi, shunga qarab ularning o'zgarish xislatlari fotoperiodizm deyiladi.
Fotoperiodizmning mohiyati kunduz va tunning almashishi ta'sirida
organizmlarda yuzaga keladigan morfologik, biokimyoviy fiziologik xususiyatlar
va funksiyalarning almashishi, uzun va qisqaligi qat'iyan geofizik qonunlar asosida
o'tadi va hech qachon o'zgarish chizig'idan chiqmaydi.
Fotoperiodizm - asosiy turtki (signal) omili bo'lib, organizmlarning hayotfaoliyatini kun va fasllar davomidagi maromlarini boshqarib turadi.
O'simliklarning o'sish, ko'payish va rivojlanishiga bog'liq hamma jarayonlar
fotoperiodizm nazorati ostida o'tadi. O'simliklardagi fotoperiodik effekt, ularning
aktiv sintez davrida gullashi va urug'lanishi, mevasining pishishi bilan yuzaga
keladi.
Shunday qilib, yorug'lik o'simliklar uchun fotosintez jarayonini o'tab,
biosferada energiya va organik modda hosil qilish uchun kerak bo'lib, hayvonlar
uchun esa muhit va undagi boshqa jonzotlar bilan munosabatda boiishda
informator rolini o'ynaydi.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling