Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Talab elastikligi- Talab elastikligi darajasini aniqlash iqtisodiyot 
dan real hayotda 
uchun muhim ahamiyatga ega. Firma (korxona), uy foydalanish
xo’jaligi, davlat narxning o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda 
chora-tadbirlar ko’radi. 
Masalan, ishlab chiqarishga yangi texnika, texnologiyani joriy qilish natijasida mehnat 
unumdorligi o’sib, mehnat omiliga talab kamayadi. Aytaylik, ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish natijasida 300 ishchi ortiqcha bo’lib qolsin. Avtomatlashtirishni qo’llash 
natijasida xarajatlar kamayishi natijasida narxni pasaytirish imkoni (tug’iladi) vujudga keladi. 
Agarda korxona mahsulotiga talab elastik bo’lsa, narxni pasayishi talabni oshiradi. U holda 
korxonadagi ortiqcha bo’lib qolgan 300 ishchi avvalgiga qaraganda mahsulot hajmini 
ko’paytirish uchun ishga jalb qilinadi. Agarda mahsulotga talab noelastik bo’lsa, ishchilar ishdan 
bo’shatiladi va ishsiz qoladi. Demak, ularni ish bilan ta’minlash chorasini ko’rish kerak. 
Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab noelastik. Agarda qishloq xo’jalik 
mahsulotlari haddan tashqari hosil yuqori bo’lishi natijasida ko’p etishtirilsa, taklif ko’payib 
ketib, narx tushib ketadi. Dehqonlarning daromadlari ham pasayib ketadi. Demak, qishloq 
xo’jaligida u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni cheklash kerak. 
Turli transport vositalari avtobus, poezd, samolyot kabilarga bilet narxi o’zgarishi 
talabning elastiklik darajasiga ko’ra daromadni ko’paytirishi yoki uni yo’qotishga olib keladi. 
Aytaylik, samolyotga biletning qimmatligi sababli passajirlar kam. Agar talab elastik bo’lsa, 
bilet narxini tushishi evaziga biletlar to’la sotilishi natijasida daromad ko’payadi. 
Hukumat noelastik tovarlarga aktsiz soliqlarini oshirib daromadlarini ko’paytirishi 
mumkin. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga talab noelastik bo’lib, aksiz 
soliqlarini oshirish narxni o’sishiga qaramay talabni deyarli kamaytirmaydi. 
Agarda talab elastik bo’lsa, aksincha aktsiz soliqlarini o’sishi narxni ortishiga va talabni 
kamayishiga olib keladi. Natijada taklif qisqaradi. Taklifga muvofiq ravishda davlat byudjetiga 
tushadigan daromad ham. 
Ayrim tovarlarga talab ma’lum vaqt mobaynida noelastik, ma’lum vaqt mobaynida elastik 
bo’lishi mumkin. Sababi shu tovarlarga o’rinbosar tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin. 
Talab elastikligi darajasiga talabni o’zgarishiga u yoki bu tovarning qanday naf keltirishi, 
uning me’yoriy nafliligi katta ta’sir ko’rsatadi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling