Iqtisodiy bilim asoslari
VI bob. Jahon iqtisodiyoti
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
VI bob. Jahon iqtisodiyoti
26- mavzu. Xalqaro savdo ........................................................... 134 27- mavzu. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar .................................. 138 28- mavzu. Valuta kursi .............................................................. 142 29- mavzu. Jahon iqtisodiyoti muammolari ..................................146 30- mavzu. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi..............................150 VI bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar ............................. 154 9-sinfda o‘tilganlarni takrorlash uchun test topshiriqlari ..................156 http:eduportal.uz 5 DARSLIKDAN FOYDALANISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR Har bir mavzuga oid materiallar quyidagi bandlarga bo‘lingan va ma’lum tartib asosida darslik sahifalarida joylashtirilgan, ba’zi bandlar esa muayyan belgi ostida ajratib ko‘rsatilgan: 1. Darsning tartib raqami va mavzu nomi. 2. Dars mavzusini yoritishga yordam beruvchi muammoli vaziyatga oid ko‘rgazmali ma’lumot, rasm, jadval, diagramma va boshqa materiallar. 3. Mavzuga oid, asosan uyda mutolaa qilishga mo‘ljallangan asosiy matn. 4. O‘quvchilarni faollashtiruvchi hamda muzokaraga chorlovchi savol va topshiriqlar. 5. Dars davomida qo‘llaniladigan tayanch atamalarning ta’rifi. 6. O‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish, takrorlash va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar. 7. Hisob-kitob ishlarini va iqtisodiy tafakkurni talab qiladigan, amali- yot bilan bog‘liq topshiriq va mashqlar. 8. Izlanish va kichik tadqiqot olib borish uchun o‘quvchilarga alohida- alohida beriladigan mustaqil ish topshiriqlari. 9. O‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda mantiqiy fikrlash yoki guruhda ishlash uchun berilgan topshiriqlar. 10. Mavzudagi yodda saqlash lozim bo‘lgan o‘zak g‘oya va fikrlar. 11. Yurtimizga xos sharqona qadriyatlar, fan tarixiga oid asarlardan iqtiboslar, ularga oid savol va topshiriqlar. 12. Iqtisodiy tafakkurni o‘stirishga, iqtisodiy madaniyatni shakllan- tirishga va dunyoqarashni kengaytirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha ma’lumotlar. 13. Iqtiboslar. 14. Iqtisodiy tushunchalarni o‘zaro bog‘laydigan formulalar. 15. “Mustaqil faoliyat” rukni ostidagi qo‘shimcha materiallar. http:eduportal.uz 6 Darslikda Iqtisodiy bilim asoslari fanining 9- sinf kursi 30 ta mavzuga bo‘lib berilgan. Har bir mavzuga oid materiallarni bitta dars davomida va uyda o‘rganish lozim. Yangi mavzuni yoritishda asosan yuqorida tushuntirilangan 2 – 5- band ma- teriallari bilan ishlash kerak. 3- bandda berilgan materiallardan asosan uyda o‘qish va o‘rganish uchun foydalanish lozim. Dars mavzusini mustahkamlashni 6- banddagi savol va topshiriqlar hamda 7- banddagi topshiriqlar va mashqlar yordamida amalga oshirgan ma’qul. 8- banddagi topshiriqlar kichik izlanish va tadqiqot sifatida o‘quvchilarga mustaqil ish qilib berishga mo‘ljallangan. Bunda, zarur hollarda o‘quvchi kattalar bilan hamkorlik qilishi ham lozim bo‘ladi. 9 – 12- banddagi savollar, o‘zak jumlalar va qadriyatlar mustaqil mushohada yuritish, bilimlarni boyitish, amaliyotda qo‘llab ko‘rish va o‘z-o‘zini tekshirish maqsadida ishlatilgani ma’qul. O‘quvchilar diqqati 4- banddagi kalit atamalar va 10- banddagi mavzuning o‘zak jumlalariga qaratilishi lozim. Uyga vazifalar dars davomida foydalanilmagan 9 – 10- band savol va top- shiriqlari asosida berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir bob oxirida berilgan takrorlash uchun savol va topshiriqlardan o‘tilganlarni mustaqil ravishda takrorlab borish hamda oraliq nazorat ishlariga tay- yorlanish maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Berilgan testlar esa oraliq nazoratni amalga oshirishga uchun testlar tayyorlashda namuna bo‘lib xizmat qiladi. Darslikdan, shuningdek, “Mustaqil faoliyat” rukni ostidagi materiallar ham o‘rin olgan. Bu materiallarni o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida o‘rganishlari maqsadga muvofiq. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, izlanish, tadqiqotga undaydi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida ma’lu- mot beradi. Ular bilan ishlashda, albatta, ustozlarning hamda ota-onalarning yordami va maslahatlaridan foydalanish lozim. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling