Iqtisodiy tarix faniga kirish
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.3. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar
2.1.2. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg‘or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo‘li, Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va G‘arbiy Yevropa bilan chambarchas bog‘lar edi. Bu esa karvon yo‘li orqali minglab odamlar, ot-ulov- 20 2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI lar, turli-tuman tovarlarning qarama-qarshi harakati, almashuvini vujudga keltirdi. O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy- madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqti- sodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropada- gi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo‘lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog‘u toshlar- dan, qum cho‘llardan olib o‘tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi mamlakatlar, xalqlar talab- ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falaki- yot) va boshqa ko‘pgina fanlar rivojlandi. 2.1.3. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur (1336-1405 yy.) davlat va iqtisodiyotni boshqa- rishda o‘ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning barcha ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaq- ti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshiril- gan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish to‘ppa-to‘g‘ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Sav- dogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‘rsatgan 1 . 1 Темур тузуклари. – Т.: “O’zbekiston” 2015. –Б.123. 21 ● Birinchi vazirga yer soliqlari, boj, o‘lpon-soliq undirish ham- da mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mam- lakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlagan. ● Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maosh- lari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in’om ma’nosida)larni boshqargan. ● Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlar- ga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulki- dan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g‘oyib bo‘lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‘lsa, ularni o‘z merosxo‘rlariga topshirgan. ● To‘rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‘lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, xatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo‘lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo‘ysungan. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling