Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi


-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki


Download 0.67 Mb.
bet30/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1149740
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma Neft-gaz oxirgisi

31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
VII BO‘LIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINIShI
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Mulkiy huquqning kafolati
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(32-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
(33-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
(33-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. Mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.
(33-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
4. Ushbu moddada ko‘zda tutilgan huquqlar garchi mulkdor bo‘lmasa ham, mulkdan to‘la xo‘jalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o‘z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling