Iqtisodiyot va pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi


II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari


Download 25.15 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1590081
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot shartnomasi (6) (4)

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Universitet
2.1. amaliyotga ketayotgan talabalarga oldindan amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish;
2.2. zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga amaliyot boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
2.3. amaliyotning butun davri uchun talabalarga amaliyot dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va takibini belgilash;
2.4. talabalarni amaliyot reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan ta’minlash;
2.5. talabalarning amaliyot o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;
2.6. qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan talabaning amaliyotni o‘tashi holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish;
2.7. amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik to‘ldirishini nazoratini olib borish;
2.8. talabalarning amaliyot hisobotini yozishga ko‘rsatma va tavsiyalar berish;
2.9. talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;
2.10. amaliyotni o‘tashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda o‘z taklifi va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va Universitet Kengashida ko‘rib chiqish uchun) taqdim etish

Qabul qiluvchi muassasa
2.11. universitet bilan talabalar amaliyotni o‘tashi to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
2.12. amaliyotni o‘tash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini beradi;
2.13. amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashadi, malakali va tajribali mutaxassislar orasidan amaliyotchi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan amaliyot rahbarini tayinlaydi;
2.14. qabul qiluvchi tashkilot ma’muriyati yoki biriktirilgan rahbar tomonidan amaliyotchi talabalarning amaliyotga kelishi va topshiriqarni bajarishi yuzasidan nazorat qilish mexanizmi joriy qilinadi.
2.15. amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etadi, faoliyati doirasida amaliyotchi talabalarga oylik maoshlar belgilashi mumkin;
2.16. hayot faoliyati va texnika xavfsizligi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan hollarda talabalarga mehnatning xavfsiz usullarini o‘rgatadi va bu haqda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi;
2.17. amaliyot dasturiga muvofiq talabalarga joriy qilinadigan shart-sharoitlarni yaratadi;
2.18. talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
2.19. amaliyot samaradorligini oshirish maqsadida dasturda maktab rahbariyati uchun ajratilgan ballarni talabalarning amaliyot davrdagi faollik va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga muvofiq baholaydilar;
2.20. tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida qabul qiluvchi tashkilot Universitet rektori (direktori)ga xabar qiladi;
2.21. amaliyotchi-talabani amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan aprobasiyasini o‘tkazishga amaliy yordam beradi;



Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling