224.Jаmgаrish tаmоyiligа аsоslаngаn хususiy pensiya tizimi –bаdаllаrni kаpitаllаshtirish vа pensiya hisоbini individuаllаshtirish tаmоyili аsоsidа shаkllаnib, shахsiy hisоblаrdа jаmgаriluvchi sug’urtа bаdаllаri pensiya dаrаjаsini belgilаydi.
225.Jamgarma – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borishi.
226.Jamiyatning intellektual salohiyat indeksi – turmush sifatining muhim indikatori hisoblanib, aholining bilim saviyasini hamda mamlakatdagi fanning ahvolini aks ettiradi. Intellektual salohiyat indeksini hisoblashda katta yoshli aholining bilim darajasi, talabalarning aholi umumiy sonidagi ulushi, YaIMdagi ta'limga harajatlar ulushi, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlarning umumiy sonida fanda hamda ilmiy xizmat ko’rsatishda bandlarning ulushi, YaIMda fanga harajatlarning ulushi hisobga olinadi.
227.Jamoatchilik iste'mol jamgarmalari – iste'molning jamoaviy shakli turlaridan biri bo’lib, aholiga bepul xizmat ko’rsatish sohasining amal qilishi uchun moddiy asosni tashkil qiladi. Mazkur jamgarmalar hisobiga aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha davlat muassasalari: kasalxonalar, poliklinikalar, boshqa sogliqni saqlash muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari va boshqa o’quv muassasalari, bolalar bogchalari, ko’pgina madaniyat muassasalari ta'minlanadi.
228.Jismoniy ehtiyojlar- inson organizmining mo'tadil hayoti va faoliyati uchun zarur bo’lgan ob'yektiv sharoitlarning majmui.
I
229.Ibn Хаldun Аbu Rаhmоn Аbu Zаyd (1332-1406) - аrаb оlimi, ≪Ibrаtli misоllаr kitоbi≫ (1370)dа iqtisоdiy gоyalаri jаmlаngаn. Uning fikrichа, ≪jаmiyat mоddiy qiymаtlаr ishlаb chiqаruvchilаr≫ jаmоаsidаn ibоrаt. Аsаrlаridа mоddiy zаrurаt tаriхni hаrаkаtlаntiruvchi аsоsiy kuch, mеhnаt unumdоrligi, zаruriy vа qo’shimchа mеhnаt, qiymаt tushunchаlаri kеltirilgаn. 1401 yildа Аmir Tеmur bilаn uchrаshgаn. ≪Ijtimоiy fikr≫ jurnаlining 1998 yil, 1-sоnidа lаvhа bеrilgаn.
Do'stlaringiz bilan baham: |