b) Bunda A va B mamlakatda qanchdan avtomobil iste’molga kiritiladi?
Yechish:
A mamlakat po’lat ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega.B mamlakatda 10 tonna po’lat ishlab chiqarishning muqobil qiymati ½ avtomobilga,A mamlakatda esa 1/5 avtomobilga teng.B mamlakat avtomobil ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega.
A mamlakat po’lat ishlab chiqarishga ixtisoslashgani foydali.
B mamlakat avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgani foydali.
A mamlakat B mamlakat bilan savdosiz 25 million tonna po’lat va 1,5 million dona avtomobil ishlab chiqarib iste’molga kiritishi mumkin edi.B mamlakat bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo’lgach,o’z iste’moliga kerakli 25 million tonna po’lat va B mamlakatga sotish uchun 75 million tonna po’lat ishlab chiqarishi mumkin.
B mamlakat o’z iste’moli uchun kerakli 25 million tonna po’lat ishlab chiqarish bilan birga mustaqil 2,5 million dona avtomobil iste’molga kiritishi mumkin edi.B mamlakat ham savdolashish imkoniyatiga ega bo’lgach,2,5 million avtomobil va 0,833 million avtomobil 25 million tonna po’lat (masala shartiga ko’ra avtomobil narxi 1 tonna po’lat narxidan 30 barobar yuqori bo’lgani uchun,25 million tonna po’latni 0,833 million dona avtomobilga almashtirish mumkin (25*1/30=0,833)) almashtirish uchun ishlab chiqarishi mumkin.Ichki iste’molga 1,667 million avtomobil qoladi.B mamlakat savdo qilish natijasida 0,417 million avtomobil (1,667 – 1,25) foyda qiladi.Ikkala mamlakat uchun zarur bo’lgan 50 million tonna po’latni ishlab chiqargan A mamlakat qolgan resurslarni avtomobil ishlab chiqarishga sarflaydi.A mamlakat 50 million tonna po’lat ishlab chiqarishdan voz kechib 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishi mumkin.A mamlakatda iste’moliga 1 million dona avtomobil (o’zi ishlab chiqargan) + 0,833 million avtomobil (B mamlakatdan sotib olgan) = 1,833 million avtomobilni tashkil etadi.Shunday qilib,A mamlakatning savdo natijasidagi foydasi 0,333 million dona (1,833 – 1,5) avtomobil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |