Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet56/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Son va sanoq
Mavzu: 20 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda farqlash va sanash malakalarini mustahkamlash
Maqsad:
  • Bolalarga 20 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda farqlashni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar 20 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda farqlashni o’rganadilar.


  • Bolalarda 20 gacha sanash malakasi hosil bo’ladi.




Kerakli jihozlar:
  • Koptok.

  • 1 dan 20 gacha sonlar tasvirlangan kartochkalar (bo’yi 12 sm, eni 10 sm).

  • 10 dan 20 gacha sonlar yozilgan doira shakllari (diametri 25 sm).




Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, biz nechagacha sanashni o’rganib olganmiz?
Bolalar javobi: 20 gacha sanashni o’rganib olganmiz.

Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun sizlar bilan turli o’yinlarni o’ynaymiz va 20 gacha bo’lgan sonlarni yaxshiroq bilib olamiz, ularni yozuvda qanday yozilishini o’rganib olamiz. Dastlab, “Kim bilsa-davomini sanasin” o’yinini o’ynaymiz.
Kim bilsa-davomini sanasin” o’yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, to’g’ri va teskari hisoblash mashqlari, xotira, diqqatni rivojlantirishga qaratiladi.
O’yinda koptokdan foydalaniladi. Bolalar yarim doira, yoki doira bo’lib turadilar. Doiraning o’rtasida o’yinni olib boruvchi turadi. Tarbiyachi o’yin boshlanishidan oldin bolalar bilan ular qanday tartibda (to’g’ri yoki teskari) sanashlarini kelishib oladi. Olib boruvchi bolalardan biriga koptokni otadi va raqamni aytadi. Koptokni ilib olgan bola keyingisini sanashi kerak.
O’yin tezlik tempida o’tadi va bolalarning unda eng ko’p qatnashishiga imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. Bolalarga taqdim etiladigan topshiriqlar ularning o’yin vaqtidagi bilim va malakalari bilan belgilanadi: 20 gacha to’g’ri tartibda sanash. Har bir bola yakkama-yakka topshiriq oladi.



Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling