Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet72/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta’minlash

- Jamiyat ijtimoiy sohasi nimani ifodalaydi? Ijtimoiy siyosatning asosiy yunalishlari qanday? Ijtimoiy (sotsial) degan soʼz keng maʼnoda “tabiiy” degan tushunchadan farq qiluvchi “ijtimoiy” va tor maʼnoda ijtimoiy tuzumning oʼziga xos sohasi sifatida ifodalanadi.
Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi. U yoki bu birliklar oʼrtasidagi munosabat va oʼzaro aloqalar jarayonida har bir insonning feʼl-atvorini ifoda etuvchi ijtimoiy sifatlari tarkib topadi. Ijtimoiy munosabatlar har bir individning jamiyatdagi tengligini (yoki notengligini) ifodalaydi. Bizda shu vaktga kadar jamiyat aʼzolarining hammasi umumxalq boyligi hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi taʼkidlab kelingan.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaatlarini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini, kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
timoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari qaysilar? Bularni shunday taʼriflasa boʼladi.
Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy yoʼlini ishlab chiqish:
Ikkinchidan-aholiga ijtimoiy turmush xizmatlarini koʼrsatishning samarli yoʼllarini ishlab chiqish:
Uchinchi-aholiga nafaqa va imtiyozlar berish, ijtimoiy himoyalash siyosatini olib borish.
Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir.
Tarixan oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi.
Turli darajadagi deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o’ta olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi.
Ijtimoiy adolat soʼzi nimani anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik kabi “ijtimoiy adolat” tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Xatto Аrastu farovonlik va baxt-saodat tushunchalarini odamlar oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb toʼgʼri koʼra olgan.
Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada mehnatkashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati namoyon boʼladi.
dolat jamiyatning chinakam turmush normasi boʼlib kolishi uchun nima qilish kerak? Mustaqil jumxuriyatlarning hozirgi axvoli va uni rivojlantirish vazifalari bu muammoni benixoya dolzarb qilib kuymokda. Аdolatsizlik koʼrinishi kaerda sodir boʼlmasin ishlab chiqarish, taqsimot sohasidami, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish ishidami, odil sudlovchi amalga oshirishdami davlat, jamoat mulkidan va xizmat mavkeidan shaxsiy boylik ortirish maqsadida foydalanish va shu kabi xollardami, boʼlarning hammasi kishilarning tabiiy noroziligini koʼzgotadi, unga qarshi faol harakat qilina boshlaydi. Tozalash deb atalgan bir soʼz bilan ifodalash mumkin boʼlgan jarayon roʼy beradi. Hozirgi kunda ijtimoiy adolat normalarini qaror toptirish uchun uning yoʼlida tusik boʼlgan juda murakkab koʼpdan –koʼp muammolarni bartaraf etishga toʼgʼri kelmokda.
Jamiyat maʼnaviy-axloqiy ehtiyojlari boruvchi insonni oʼz ijtimoiy turmushining markaziga qoʼyish orqali yetuklik bosqichiga erishgan sayin ijtimoiy adolatning koʼpgina muammolarini hal etish uchun yangi imkoniyatlar obʼektiv ravishda ega boʼlib qoladi. Endilikda hamma gap shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishda kolgan. Ishlab chiqarish iktisod boshqaruv, sohasidagi har kanday qarorga endilikda ijtimoiy adolat printsipini mustaxkamlashga kay darajada kumaqlashadi, degan nuktai nazardan qaralmokda.
Jamiyatning har bir fuqarosiga qoʼyadigan u yoki bu iqtisodiy siyosiy huquqiy talabi odilligini, oʼzining xizmat qilaetgan ishining xaqligiga komil ishonch maʼnaviy ruxni oshiradi, shaxsni uluglaydi, aktiv hayotiy pozitsiyani vujudga keltiradi.
Ijtimoiy manfaatlarni koʼzlamay turib, xakikiy adolatni tasavvur qilish ham uning printsiplarini amalga oshirish ham mumkin emas. Jamoat davlat ishini oʼz ishi deb bilib gamxurlik qilish – ijtimoiy adolatning muhim qirrasidir.
jtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol boquvchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni bir million 100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi” 1.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling