Islom ummatining mashhur bahodirlari


Download 334.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/29
Sana02.01.2022
Hajmi334.97 Kb.
#194245
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Ummat baxodirlari

41. Amirul mo‘minin Hodiy

.  


U  Horun  Rashidning  akasi  bo‘lib,  undan  oldingi  xalifa 

bo‘lgan. Shijoatli bahodir bo‘lgan.  

 

42. Amirul mo‘minin Amiyn.  



Horun Rashidning o‘g‘li va undan keyingi xalifa. 

 

43. Ahmad ibn Ishoq Sirmoriy Buxoriy



.  

U mashhur fors mujohidi, zuhdu taqvoli, imom Buxoriyning 

ustozi bo‘lib,  shijoati olamga zarbulmasal qilinadigan mashhur 

bahodirlardan biri bo‘lgan. 

    U haqda imom Buxoriy shunday deydi: 



 

 

 



 31  

    –  Johiliyatda  ham,  Islomda  ham  unga  o‘xshash  kishi 

bo‘lgani xabari bizga etib kelmagan. 

    Ibrohim ibn Shammos shunday deydi:  

    – Ahmad ibn Ishoq Sirmoriy bilan xat yozishib turar edim. 

Bir xatida u menga: “Agar asirlar sotib olish uchun shaharlarga 

boradigan bo‘lsang, menga xabar  berib qo‘ygin. Men sen  bilan 

birga  boraman”,  deb  yozgan  edi.  Men  unga  xat  yozib 

yubordim. U bilan Samarqandga keldik. Bizning kelishimizdan 

xabar  topgan  Samarqand  hokimi  o‘z  qo‘shinlari  bilan  bizning 

istiqbolimizga chiqdi. Biz to asir sotib olish tugagunicha uning 

huzurida turdik. Bir kun biz uning huzurida ekanimizda uning 

oldiga  bir  polvon  kirdi.  Hokim  uni  ulug‘lab  maqtay  ketdi. 

Ahmad Sirmoriy uning kimligini so‘radi.  

    –  U  muboriz  jangchi  bo‘lib,  bir  o‘zi  mingtaga  sanaladi,  – 

deb javob berishdi. Ahmad Sirmoriy: 

    –  Men  u  bilan  muboraza  qilaman,  –  dedi.  Ertasiga  erta 

bilan  ular  maydon  olishib,  yakkama-yakka  olishuv  boshlandi. 

Sirmoriy 

uni 


o‘ldirdi. 

Uning 


ashoblaridan 

elliktasi 

hozirlandilar.  Ahmad  ularning  barchasini  engiga  joylab  olib 

yuradigan  temir  dastak  bilan  birma-bir  urib  o‘ldirdi.  U  temir 

dastakning  og‘irligi  36  ratl  (bir  qadoq  400  gramga  teng)  edi. 

Qarigan chog‘ida uning vaznini 24 qadoq qilib olgan edi. Uning 

o‘zi  qo‘lidagi  qilichiga  ishora  qilib:  “Mana  shu  qilichim  bilan 

turk  kofirlaridan  mingtasini  o‘ldirganman.  Agar  Alloh  umr 

bersa yana mingtasini o‘ldiraman, insha Alloh”, – derdi.  

    Ahmad  Sirmoriy  hijriy  241  yilda  to‘shakda  vafot  etdi. 



Alloh u kishidan rozi bo‘lib, O‘z rahmatiga olsin. Amin. 

Download 334.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling