Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Stelopodiy suyaklari – stylodium (stylo-tik (stolb); podos –oyoq) doimo bitta 

suyakdan  iborat  bo’lib,  kamar  suyaklari  bilan  birikib  turadi.  Oldingi  oyoqda  bu 

zveno  muskullar  va teri bilan birgalikda  yelka deb  nomlanadi, shunga binoan shu 

zvenodagi suyakga yelka suyagi – os humerus s. vrachii deb nom berilgan. Keyingi 

oyoqdagi bu zveno muskullar, yumshoq to’qimalar va teri bilan birgalikda son deb 

nomlanadi,  shunga  binoan  shu  zvenodagi  suyakga  son  suyagi  –  os  femoris  deb 

nomlanadi.  Shunday  qilib,  stelopodiy  suyaklari  yelka  va  son  suyaklariga 

tafovutlanadi. 

 

Zeygopodiy  suyaklari  –  Zeugopdium  (Zengo  –juft;  podos  –oyoq)  juft 

naysimon  suyakdan  tarkib  topgan,  oldingi  oyoqda  bu  zveno  muskullar,  yumshoq 

to’qimalar va teri bilan birgalikda bilak sohasi deb yuritiladi, u o’z navbatida bilak 

suyagi  –  os  radi  va  tirsak  suyagi  –  os  ulna  dan  tarkib  topgan,  keyingi  oyoqdagi 

zeygopodiy suyaklari muskullar, yumshoq to’qimalar va teri bilan birgalikda boldir 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

25

sohasi deb  yuritiladi. U  o’z navbatida katta boldir – os tibia  va kichik boldir – os 



fibula dan tarkib topgan. Shuni ta’kidlash  lozimki, qishloq  xo’jalik  hayvonlaridan 

ot,  yirik  va  mayda  shoxli  hayvonlarda  katta  boldir  suyagi  yaxshi  rivojlangan 

bo’lib, kichik boldir suyagi reduksiyaga (yuqolib ketish) uchragan. 

 

Avtopodiy suyaklari – autopodium (auto – harakat mustaqil; podos – oyoq). 

Oyoq  suyaklarini  oxirgi  zvenosi  bo’lib,  quruqlikda  yuruvchi  (to’rt  oyoqli) 

hayvonlarda  oldingi  oyoqda  kaft  –  manus,  keyingi  oyoqda  oyoq  kaft  (sakrash 

bo’g’im  suyaklari)  –  pes  (pedes)  deb  nomlanadi.  Avtopodiy  suyaklari  hayvon 

harakatida  yerga  bosib  yurishi,  suyaklarni  ketma–ketligi,  joylashishi  va  soniga 

ko’ra quyidagi bo’limlarga bo’linadi: 

 

Avtopodiy  suyaklarini  birinchi  (asosiy)  qismi  bazipodiy  (basis  –  asos) 



suyaklari  deb  nomlanadi.  Oldingi  oyoqda  bu  bo’lim  suyaklariga  bilakuzuk 

suyaklari  –  ossa  carpi  mansub  bo’lib,  u  suyaklar  o’z  navbatida  ikki  qator 

suyaklardan  tarkib  topgan,  birinchi  qatorda  to’rtta,  ikkinchi  qatorda  uchtadan 

beshtagacha bo’ladi, keyingi oyoqda bu bo’lim suyaklariga tovon suyak-lari – ossa 

tarsi mansub bo’lib, u suyaklar o’z navbatida uch qator suyaklardan tarkib topgan, 

birinchi  qatorida  ikkita  suyakdan  (tovon  va  oshiq),  ikkinchi  qatorida  bitta,  ba’zan 

ikkita (markaziy) suyakda va uchinchi qatorida uchtadan beshtagacha bo’ladi. 

 

Avtopodiy  suyaklarining  ikkinchi  qismi  kaft  deb  nomlanadi  va  unga  – 



metapodiy  (mitapodeum  –  meta –  o’rtangi) suyaklari  deyiladi. Oldingi oyoqda bu 

suyaklarga kaft suyagi – ossa metacarpi, keyingi oyoqda – ossa metarasi deyiladi. 

Sut  emizuvchi  hayvonlarda  bu  qism  suyaklarining  soni  turlicha,  ya’ni  bittadan 

beshtagacha bo’ladi. 

 

Avtopodiy suyaklarining  uchinchi qismiga akropodiy  (acrapodeum – across 



–  oxirgi,  quyi)  suyaklari  deb  nomlanadi,  bu  suyaklar  tarkibiga  barmoq  suyaklari 

kiradi. Barmoq suyaklarining soni ham sut emizuvchi hayvonlarda turlicha bo’ladi. 

Jumladan,  aksariyat  holda  bittadan  beshtagacha,  har  bir  barmoqda  birinchi, 

ikkinchi va uchinchi falang (barmoq) suyaklari farqlanadi. 

 

Oyoqning  erkin  harakat  qiladigan  suyaklarini  dastlabki  ikki  zvenosi 



(stelopodiy va zeygopodiy) suyaklari tanani tik turishi (ushlashi) vazifasini bajarsa, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

26

so’nggi  zveno  (avtopodiy)  suyaklari  esa  bir  nechta  turlardan  tarkib  topgan  bo’lib, 



hayvonlarning harakatida yerga tayanch vazifasini bajaradi. 

 

Hayvonlar  avtopodiy  suyaklarini  yerga  bosishiga  ko’ra,  ularning  harakat 



xillari quyidagicha farqlanadi: 

 

Kaft bilan yuruvchilar – bunda avtopodiy suyaklarini barcha zvenolari yerga 



tegib harakat yuzaga keladi (maymunlar, ayiqlar). 

 

Barmoq  bilan  yuruvchilar  –  bunda  avtopodiy  suyaklarini  akrapodiy 



(barmoq) suyaklari yerga tegib harakat sodir bo’ladi (yirtqichlar, itlar, mushuklar). 

 

Tuyoq  bilan  yuruvchilar  –  bunda  avtopodiy  suyaklarini  akrapodiy 



bo’limidagi  uchinchi  falang  suyagi,  ya’ni  tuyoq  (tuyoqcha)  suyagi  bilan  yuruvchi 

hayvonlarga  mansub  bo’ladi.  Bu  hayvonlarga  tuyoqli  hayvonlar  misol  bo’lib  ular 

ayri tuyoqli (juft) va bir tuyoqli hayvonlarga tafoutlanadi. 

 

Xulosa qilib shuni ta’kidlash  lozimki, oyoq suyaklari o’zlarining tuzilishiga 



binoan turlicha o’zgarishlarga ega. 

 

Oldingi oyoqlar kamari uy hayvonlarida bitta kurak suyagidan iborat bo’lib, 



qolganlari  (o’mrov  suyaklari,  korakoid  suyaklar)  yo’qolib  ketgan.  Oldingi 

oyoqlarning  erkin  suyaklariga  yelka,  tirsak,  bilak,  bilak  uzuk,  kaft  va  barmoq 

suyaklari kiradi. 


Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling