Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «O’zstandart» belgilab qo’ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli ekanligi


Download 440.5 Kb.
bet3/8
Sana02.11.2023
Hajmi440.5 Kb.
#1738936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish Doston

Quyidagi ishlar:

  • sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollari-ni, uni o’tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish; sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bnlan ta’minlash;

  • xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o’tkazish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari ia boshqa ishlar olib borish;

  • sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.

Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning), sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sertifikatlashtirish organlarining majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi na nazoratini «O’zstandart»ning davlat inspektorlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar.

2.Sertifikatlashtirish sxemalari.
Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO tarkibidagi qo’mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning 9 ta sxemasi berilgan bo’lib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo’l o’zining soddaligi va unga ko’p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkazilib, so’ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqtivaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi - uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo’lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’iladi.
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o’tkazish, so’ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib, vaqti-vaqti bilan namunalarni nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o’tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatiladi.

Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling