Javob: sichqonni
87. Nima arqon bilan egilmaydi?
Javob: Togʻ
88. Nima qayiq bilan bekilmaydi?
Javob: dengiz
89. Sanʼat, fazilatning boshi nima?
Javob: Til
90. Baxt belgisi...?
Javob: Bilim
Yusuf_Xos_Hojib (XI asr)
1.Turkiy yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasi?
Javob: “Qutadgʻu bilig”
2. Asar qanday yoʻnalishda yozilgan?
Javob: oʻgitnoma – didaktik
3. Yusuf Xos Hojib oʻzi tugʻilgan joyni nima deb koʻrsatgan?
Javob: Quz Oʻrdu
4. Doston qayerda yozib tugallangan?
Javob: Qashqar
5. “Qutadgʻu bilig” dostonining umumiy hajmi qancha?
Javob: 6600 baytdan ortiq
6. “Qutadgʻu bilig” dostoni necha yilda yozilgan?
Javob: 1,5 yilda yozilgan
7. Yusuf Xos Hojib “Qutadgʻu bilig” asarini kimga taqdim etgan?
Javob: Tavgʻach ulugʻ Bugʻroxonga
8. “Qutadgʻu bilig” soʻzining maʼnosi?
Javob: qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
9. Asarda qaysi qahramon oʻz adolati, qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi, farovonlikni
taʼminlagani bilan shuhrat qozonadi?
Javob: Kuntugʻdi
10. Asarda nechta yetakchi qahramon mavjud?
Javob: 4ta
11. Qaysi qahramon Adolat timsoli?
Javob: Kuntugʻdi – elig(hukmdor)
12. Qaysi qahramon Davlat timsoli?
Javob: Oytoʻldi – Vazir
13. Asarda qaysi qahramon Aql timsoli?
Javob: Oʻgʻdulmish
14. Asarda qaysi qahramon zohid – Qanoat (ofiyat) timsoli
Javob: Oʻzgʻurmish
15. Oytoʻldining oʻgʻli?
Javob: Oʻgʻdulmish
Do'stlaringiz bilan baham: |