Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


“Proteksionizm” yoki “Erkin bozor” Oʻzbekiston uchun qulay jihatlari


Download 59.2 Kb.
bet13/16
Sana05.11.2023
Hajmi59.2 Kb.
#1749030
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
PROTEKSIONIZM SIYOSATI VA UNING IQTISODIYOTGA TAʼSIRI

2.2. “Proteksionizm” yoki “Erkin bozor” Oʻzbekiston uchun qulay jihatlari
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik, shuningdek, erkin blogger va jurnalistlarning eʼtiborini Viktor Mirzayevning “Fritreyderlar” “proteksionistlarga” qarshi” maqolasi tortdi. Taʼkidlash joiz, mazkur maqola muhokamalar markaziga aylanib ulgurdi. Ushbu sohadagi mutaxassislar hamda OAV vakillari oʻrtasida qizgʻin fikrlar bildirmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur maqola fikrlar jangini yuzaga keltirdi. Ushbu materialga mustaqil ekspert Yuliy Yusupov ham oʻz munosabatini bildirib oʻtgan.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida “erkin bozor” tamoyili muhimmi yoki “proteksionizm”7 siyosati? 
Maqolani toʻliqligicha eʼtiboringizga havola etamiz.
Hozirda ushbu masala Oʻzbekiston mediamakonida eng qizgʻin va qaynoq mavzuga aylanib qoldi. Agarda baʼzilar “fritreyd” iborasidan ozmi-koʻpmi xabardor boʻlsa, “proteksionizm” tushunchasi esa hali koʻplar uchun notanish. Proteksionizm oʻzi nima va bugungi Oʻzbekiston uchun uning dolzarbligi nimadan iborat? Keling, bu masalani batafsilroq koʻrib chiqamiz.
Tarixdan saboqlar
Tarixga nazar solsak, bemalol anglashimiz mumkinki, proteksionizm (fransuzcha “protectionnisme”, lotincha protection — himoya, homiylik) insoniyat rivojlanish tarixida hamisha uchrab turadi. Oʻz ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish siyosati oʻz zamonida bir qator davlatlarga jahonda yirik iqtisodiy pozitsiyani egallashga va keyinchalik buyuk davlatga aylanishga yordam berdi. Masalan, Buyuk Britaniyaning 19-asrda butunjahon hukmronligi proteksionistik siyosati bilan birga uning iqtisodiy tarraqiyotiga olib keldi. Oʻsha davrda “umumjahon ustaxonasi” nomi bilan mashhur boʻlgan mazkur davlatning ulushi dunyodagi umumiy ishlab chiqarish hajmida yarmidan koʻpini tashkil etgan edi. AQShda esa proteksionistik siyosat 19-asrning oʻrtalaridan boshlab to 20-asrning oʻrtalarigacha davom etdi.
Oʻsha davr ichida AQSh oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini bora-bora oʻstirib, keyinchalik ishlab chiqarish hajmi boʻyicha dunyodagi mamlakatlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. 19-asrda AQSh umumjahonga teng 17 foiz ishlab chiqarish ulushi bilan Buyuk Britaniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa-da, asrning oxirigacha ushbu koʻrsatkich 30 foizga koʻtarildi. Bunga oʻxshash koʻrinishni Rossiya imperiyasida 19-asrning oxirlari 20-asrning boshlarida kuzatish ham mumkin. Aynan oʻsha davrda Rossiya eng yuqori iqtisodiy oʻsishni koʻrsatgan edi. 1887 - 1913-yillarda ishlab chiqarish hajmi 4,6 barobarga oʻsdi va mazkur davlat jahondagi 5-6-oʻringa chiqdi.
Yaqin oʻtmishdagi misollarni ham keltirishimiz mumkin. Proteksionistik siyosat koʻplab kichikroq davlatlarga ham jahon bozorida oʻz oʻrnini topishga yordam berdi. Eng yorqin misol — Koreya Respublikasi, qachondir dunyodagi eng kambagʻal davlatlar qatoriga kirgan, hozirda esa ilgʻor texnologik mamlakatga aylandi va Yaponiya, Germaniya bilan bemalol bahslasha oladigan boʻldi. Yetarli xomashyo manbasi mavjud emasligi sababli, Janubiy Koreya korxonalari asosiy eʼtiborini ishlab chiqarishda ilgʻor texnologiyalarni joriy qilishga qaratgan edi. Aynan davlat koʻmagi asosida oʻz paytida kichkina boʻlgan korxonalar keyinchalik mashhur “cheboli” — yirik xalqaro biznes-konglomeratlarga va oʻz sohasida yetakchi korxonalarga aylangan. Ularning qatorida jahonga mashhur brendlar ham kiradi: Samsung, LG, Hyundai, Daewoo va boshqalar.
Turkiya misolini ham keltirishimiz mumkin. Mazkur davlat tekstil sohasida dunyoda peshqadamlik qilayotganlardan biri: yuqori sifati va qulay narx-navosi bilan mashhur boʻlgan turk mahsulotlari jahon bozorida munosib oʻrinni egalladi. Eksportning umumiy hajmida tayyor mahsulotning ulushi juda katta, ayniqsa paxta ipidan qilingan buyumlarning ulushi 80 foizgacha yetadi. Asosan yengil sanoat Turkiyaga iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilishga yordam berdi. Oʻz faoliyatini toʻqimachilik sohasida boshlangan turk korxonalari hozirgi kunda yirik biznes-korxonalarga aylangan. Ular qatorida “Chalik xolding” (Çalık Holding), “Sabanchi xolding” (Sabanci Holding), “Chak grupp” (Çak Group) va boshqalarni keltirish mumkin.
MDH davlatlari orasida Belarus muvaffaqiyatli ravishda proteksionistik siyosatini olib bormoqda. Mazkur davlat nafaqat anʼanaviy sanoat yoʻnalishlarni saqlab qoldi, balki yangi sohalarga ham egalik qildi. Bugungi kunda dunyodagi mashhur belarus traktorlari bilan bir qatorda ushbu Sharqiy Yevropa mamlakati IT-ishlanmalarni — oʻzining Yuqori texnologiyalar parki rezidentlarining mahsulotlarini ham eksport qiladi.

Download 59.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling