1.Preparatda
kubsimon, prizmatik,dumaloq,duksimon va o‟siqchali shakldagi
hujayralar ko‟rinib turibdi.Ulardan qaysi biri qisqarish vazifasini bajaradi.
Javob: duksimon hujayralar
2.Elektron mikrofotografiyada ikki хil hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal
yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor.Ikkinchi hujayraning
qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi
JavobBirinchi hujayrada endositoz kechadi.
3. Hujayra plazmolemmasi ostida ko‟plab mayda oqish pufakchalar aniqlanmoqda.
Bular qanday strukturalar va qanday jarayon bilan bog‟liq.
Javob . Pinositoz pufakchalar.Ular endositoz jarayoni bilan bog‟liq.
4. Ikkita aktiv biologic membranalar berilgan.Bittasi polisaharidlardan tuzilgan
glikokaliksi bor.Ikkinchisida bu qavat yo‟q.Bu biologic
membranalarni qaysi biri
sitolema hisoblanadi.
Javob . Glikokaliks qavatini saqlab qolgan biologik membrana.
5.Jigar hujayralarida glikogen depo holatida to‟planadi.Bu hujayralarda qaysi
organoidlar yahshi?
Javob . Silliq endoplazmatik to‟r.Goldji apparati va mitohondriyalar.
6.Xujayralar to„plami rentgen nurlari ta'sirida shikastlandi. Yuqori nurlanish
ta'sirida xujayra sitoplazmasida ko„p miqdorda vodorod perioksid xosil bo„ldi.
Vodorod perioksidni zararsizlantirishda qaysi organoidlar aktiv ishtirok etadi?
Javob . Peroksisomalar, katalaza va peroksidaza fermentini saqlaydi.
7.Elektron mikrofotografiyada mikronaychalarni ko„ndalang
kesimida triplet va
dupletlar ko„rinadi. Mikronaychalar qaysi strukturalarga tegishli?
Javob: Tripletlar sentriola va bazal tanachaga tegishli,
dupletlar esa -
xivchinlar va kiprikchalarga tegishli.
8. Birinchi mikrofotografiyada ko„plab xujayralarning qo„shilishidan xosil
bo„lgan ko„p yadroli tuzilma berilgan. Ikkinchisi xujayralarni mitoz bo„linishi
natijasida xosil bo„lgan o„simtali xujayralar bir-biridan ajralmay o„simtalar
yordamida bog„lanadi. Bu tuzilmalar nomini ayting.
Javob.Simplast va sinsitiy.
9. Elektronogrammada ikkita sekretor xujayra berilgan:
birida donador
endoplazmatik to„r, Goldji apparati, sitoplazmada ko„plab polisomalar bor.
Ikkinchisida silliq endoplazmatik to„r va Goldji apparati yaxshi rivojlangan. Bu
xujayralar qanday sekret ishlab chiqaradi?
Javob . Birinchisi
oqsil tabiatli sekret, ikkinchisi polisaxarid yoki lipid tabiatli
sekret ishlab chiqaradi.
10 .Elektron mikroskopda xujayrada mitoxondriyalarni destruksiyasi aniqlandi.
Xujayrada jarayonlar buziladi?