Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida


Download 61.5 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1367726
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-14

Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo`lib, muayyan tarixiy sharoitlar mahsulidir.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat keng, jamlovchi tushuncha bo`lib, jismoniy tarbiya tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo`nalishga ega bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi (B.A. Ashmarin 1979):

  • Maktab fizkulturasi;

  • Moddiy boyliklar;

  • Ma’naviy boyliklar.

Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talablarga javob bera oladgan individual talantining yuqori darajada rivojlanganligini ko`rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog’ligini mustahkamlash qonuni bilan murosada bo`ladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
12-15 yoshli bolalardan ko’ra, 7-11 yoshli bolalarda harakat tezligi, ayniqsa, harakat chastotasi va yugurish sur’atini oshirish uchun uni qulayroq imkoniyatlar mavjud. Bu harakatlar tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’liqdir, 12-15 yoshda esa yugurish tezligining oshishi asosan, tezkor kuch sifatlari va mushak kuchining tezligi ko’payishi hisobiga kuzatiladi. 8-11 yoshli bolalar bilan sport mashg’ulotlarida tezlikni harakatlar chastotasi va tezligiga qaratilgan mashg’ulot vositalarini qo’llash yo’li bilan tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. 12-15 yoshli bolalarda shug’ullanayotganlarning tezkor-kuch sifatlari va mushak kuchini oshirishga qaratilgan mashg’ulot vositalari yordamida tarbiyalaydilar.
Dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida tezkorlikni tarbiyalashning samarali vositalari soddalashtirilgan qoidalar bo’yicha sport o’yinlar va harakatchan o’yinlar; masofaning qisqa bo’limlarida yugurish, estafetalar, sakrashlar, gimnastik va akrobatik mashqlardir. Tezlikni tarbiyalashning asosiy vazifasi kompleks uslubdir, uning mohiyati harakatchan va sport o’yinlari, o’yin mashqlari, tezlik va tezlik-kuchni rivojlantirishga qaratilgan xilma-xil mashqlarni tizimli ravishda qo’llashdan iborat. Katta mushak say’-harakatlarini talab qilmagan harakat sur’atini maksimal darajada oshirishga intilish lozim, bunda harakatlarning imkon qadar optimal amplitudasi saqlanib qolishi va bu ishda ishtirok etmayotgan mushaklar guruhi maksimal tarzda bo’shashishi lozim.
19-jadval

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling