Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 388.95 Kb.
bet2/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
1.Qadimgi turkiy til. Hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy (bobo til) sanaladi. Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrga bo’ladilar:
1.Oltoy davri.
2.Eng qadimgi turk.
3.Qadimgi turk davri.
4.O’rta turk davri-hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish va rivojlanish davri. Eslatma: Urxun- Enasoy, uyg’ur (qisman money), so’g’d yozuvlari hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiydir.
Qadimgi turkiy til davriga oid yozma manbalarga “Kul Tegin”, “Bilga Xoqon”, “Tunyuquq”, “Irq bitigi”lar kiradi. Urxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K. Vidzen, S.U.Remezov, I. Tabbet-Stralenberg, D.G.Missershmidt, M.A. Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan. 1889-yili N.M.Yadrinsev Kultegin va Bilga xoqon bitiktoshlarini Mongoliyadagi Qoraqurum shahristoni xarobalaridan topadi.V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M. Melioranskiy yozuvlarni o’qishga kirishadilar. 1893-yil 25-noyabrda Tomsen birinchi bo’lib bitiktoshlar sirini ochganini e’lon qildi. Bu vaqtda Radlov 10ta harfni o’qib bo’lgan. Hozirda ularning 700ga yaqini fanga ma’lum. Urxun-enasoy yodgorliklarida uchraydigan ba’zi so’zlar va gaplar: Budun-xalq ko’ch-urug’, zot Yag’i-yov O’kush-ko’p Bilig-bilim o’z-jon, vujud Ingek-sigir art- tepa, dovon Batsiq-g’arb erik-mard, botir Biz qo’rqmadimiz, sungu edimiz- Biz qo’rqmadik , jang qildik.
2.Eski turkiy til. XI asrdan boshlab amalga kirgan. Bu davrda qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan. Eski turkiy til davriga oid yozma manbalarga M. Koshg’ariyning “Devonu lug’otit -turk”, Yusuf Xos Hojibning”Qutadg’u bilig” , Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul- haqoyiq”asarlari kiradi.
M.Koshg’ariy ilk bor tilshunoslik tarixida barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o’rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy –tarixiy tilshunoslik yo’nalishiga asos soldi. “Devon-u lug’otit turk ” asari turkiy tillarning o’sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi,dialektal xususiyatlari haqida to’la ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.Bundan tashqari, bu asarda tukiy xalqlarnig xalq og’zaki ijodi namunalari ham aks ettirilgan. M.Koshg’ariy Chindan to R umga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida quyidagicha yozgan:” Turkiylar aslida 20 qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz urug’lari bor. Men bulardan asosiylarini yozdim, shaxobchalarini tashladim.” O’g’iz- eng yengili; yag’mo, tuxsi- eng to’g’risi, yaxshisi; haqoniy- eng ochiq, ravon.
“Devon-u lug’otit turk” dan olingan parchalar: “Erik erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’” (Tirishqoqning labi yog’lig’, erinchoqning boshi qonli). “Emgak ekinda qolmas”- Mehnat bekorga ketmaydi .”Erdamsizdan qut chertilur ”-Dangasadan baxt ketadi.
“Qutadg’u bilig ”dan olingan tuyuq: Qayu erda bo’lsa uqush birla o’g, Ani er atagil, necha o’gsa o’g. Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal Yavuz ersa kas te, kichik ersa o’g. 1)o’g-aql, 2)o’g-maqta; 3)o’g-ulug’la (Mate jasoratini gapirib beraman.) Eski turkiy til davriga oid so’zlar:

ko’kramak-na’ra tortmoq Sandilach-sa’va, bo’g’u-dono qirg’ilach-qaldirg’och, al-qizil Sandug’ach-bulbul, ko’ni- to’g’ri, rost elig-hukmdor,

3.Eski o’zbek adabiy tili. XII-XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.Bu davrdagi ikki adabiy til an’anasi sharqiy(qorluq-uyg’ur)adabiy tili va g’rbiy (qipchoq- o’g’uz)adabiy tili o’zbek tilining shakllanishida xizmat qildi. Qul Alining “Qissayi Yusuf”dostoni1239-yilda g’arbiy til an’anasida yozilgan. Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”asari 1309- 1310 –yillarda sharqiy til an’anasida yozilgan. Borovkovning e’tirof etishicha “Tafsir” (Qur’onning so’zma-so’z tarjimasi ,XIII asr) eski o’zbek tilining yorqin namunasi. Eski o’zbek tilida yaratilgan dastlabki asarlar: 1.”O’g’uznoma” 2.”Tafsir”, 3.Qutbning “Xusrav va Shirin”, 4.Sayfi Saroyining “Guliston”, 5.Xorazmiyning “Muhabbatnoma”.



Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling