Reyting tizimini asosiy tamoyillari va nazorat turlari.
O‘qitish saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat talim standartlariga
muvofiqligini taminlash uchun quyidagi nazorat tadbirlarini o‘tkazish nazarda
tutiladi:
-Joriy nazorat ( jn)- og‘zaki so‘rovlar, konferensiyalar, seminarlar,
yozma ishlar ( diktant, bayon, insho) labaratoriya ishlari, uy vazifalari, testlar va
shu kabi so‘rov shakllari orqali amalga oshiriladi;
-Oraliq nazorat ( on)- fanining malum bir qismi, bo‘limni
yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratni o‘tkazish tartibi va shakli
talim muassasi tegishli kafedra ( fan uyushma) lari tomonidan belgilanadi;
-YAkuniy nazorat (yan)- semestr tamom bo‘lgandan keyin amalga
oshiriladi. YAkuniy nazoratni o‘tkazish tartibi va shakli talim muassasining
ilmiy pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarining bajarilishi
zarur:
-Xar bir predmet bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan maqullangan
varianilar asosida boshlang‘ich nazorat (bn) o‘tkaziladi. Boshlang‘ich
nazoratning reyting monitoringi va taxlil guruxi tomonidan o‘tkazilishi
maqsadga muvofiq;
-O‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘lim bo‘yicha o‘quvchi
albatta baxolanishi shart va natija o‘tish ballidan (55 ball) past bo‘lganda shu
bo‘lim bo‘yicha qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar
aniqlaydi;
-YAkuniy nazorat kafedra tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting
monitoringi va taxliliy guruxi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Semestr mobaynida o‘quv yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lgan fanlardan
oraliq nazorat o‘tkazilishi shart emas.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |