Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


Download 294.28 Kb.
bet15/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

Yadro yoqilgisining zahiralari. Atom elektr stansiyalarida yoqilg‘I sifatida urandan foydalaniladi. Dunyoda uran zahiralari deyarli 66 mln. tonnani tashkil etadi, okean va dengizlarning tublaridagi uranli birikmalarning salmogi esa tahminan 4 mlrd. tonnadan kam emas. Bundan tashqari atom energiyasini zahiralari katta bo’lgan toriyni qayta ishlab ham yoqilg‘i olish mumkin.
Dunyodagi ko’mirning zahiralari neft va gazlarning zahiralaridan deyarli 50 marta oshiq bo’lgan holda, uran va toriylarning zahiralari ko’mir, neft va gaz zahiralarini qushib hisoblaganda ham ulardan 2000 marta ko’pdir. Kelajak energetikasi bu atom energetikasidir.
Atom elektr stansiyalarida uran yadrosining bo‘linishi natijasida yadro energiyasi ajralib chiqadi, bu energiya to‘liq issiqlik energiyasiga aylanadi va suvni isitishga hamda bu suvdan bug’ olishga xizmat qiladi. Issiqlikelektr stansiyalari bilan atom elektr stansiyalarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga, so’ngra mexanik energiyani elektr energiyaga o’zgartirish bosqichlari deyarli bir xildir. Atom elektr stansiyasida ham suv bug’i turbinaga beriladi, turbinaning mexanik energiyasi generatorda elektr energiyaga o’zgartiriladi (1.5 – rasm). Atom elektr stansiyalari uchun birlamchi energiya uran yadroning ichki energiyasi hisoblanadi. Yadroning bo‘linishi natijasida g‘oyat katta kinetik energiya hosil bo’ladi va bu energiya issiqlik energiyasiga o’zgartiriladi. Yadro energiyasining issiqlik energiyasiga o’zgartiruvchi qurilma reaktor deb ataladi.
Atom elektrostansiyasining ishlash prinsipi
Reaktorda uran yadrosining faqat bo‘linishi emas balki bo‘linishning zanjirli reaksiyasi ham sodir bo’ladi. Bilamizki, atom yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat. Yadro esa o’zaro yadroviy juda mustaxkam «bog‘langan» proton va neytronlardan tuzilgandir. Agar yadro neytronlar bilan bombardimon qilinsa, u holda yangi neytronlarning yadroga urilishi natijasida proton va neytronlar orasidagi bog‘lanish susayadi. Bombardimon qilish vaqtining ma‘lum davrida bu bog‘lanishlar Shunday susayadiki, endi neytron va protonlarni yadro qobigida ushlab turish mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada yadro bo’linadi va yadro bo‘lakchalari paydo bo’ladi. Yadroning bo‘linishida bir neshta ozod neytronlar uchib chiqadi.
Ozod neytronlar yadroni bomardimon qilishni davom ettiradi, yangi bo‘linishlarni yuzaga keltiradi va h.k. Bu jarayon zanjirli reaksiya tarzida davom etib, bu jarayon vaqtida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya – harakatlanayotgan yadro, yadro bo‘lakchalari va neytronlarning kinetik energiyasidir. Agar yadro bo‘linishi jarayonini to‘xtatsak u holda uning bo‘linish vaqtida hosil bo’lgan kinetik energiyasi issiqlik energiyaga aylanadi.
Reaktor yadro energiyasining turg‘un hosil bo‘lish jarayonini ta‘minlashi va bu energiyani rostlashni hamda reaktorni vayron qilishi mumkin bo’lgan miqdordagi yadro energiyasi hosil bo’lishiga yo’l quymasligi kabi asosiy funksiyalarni bajarishi kerak.

Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling