Kelishilgan
Download 1.73 Mb.
|
3-kurs Matem Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars soati Ajratilgan ball MT1
- "Men" - konsepsiya
- Adaptasiya
- Affekt
- Agrafiya
- Aks ettirish nazariyasi
- Amneziya
- Animizm
MUSTAQIL
TAʼLIM TOPSHIRIQLARI
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN GLOSSARIY (IZOHLI LUG’AT) FAN BO’YICHA GLOSARRIY"Men" - konsepsiya (lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar tizimi. Abstraksiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) - narsalarnnng o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasi. Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik. Adaptasiya (lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi. Afaziya (yunon. A - inkor yuklamasi, phasia - nutq) - bosh miya qobig’ining ayrim qismlarini zararlanishi natijasida nutqining izdan chiqishidan iborat psixopatologik nuqson. Affekt (lot. Affektus - ruhiy - hayajon, ehtiros) - kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro’y beradigan psixologik holat. Afferentasiya (lot, afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar orqali sezgi a'zolariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni. Agglyutinasiya (lot. Agglutinate - yopishtirmoq yelimlamoq) - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir - biriga "yopishtirib" ho’shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Mas., suv parisi obrazi. Agrafiya (yunon. A - inkor yuklamasi, grapho - yozaman) nutqdagi turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi. Agroziya - idrokning buzilishi. Agrafiya miyaning ma'lum bir jarohatlanishida natijasida sodir bo’ladi Akkomodasiya (yunon. Akkomadatio - moslashish) - ko’zning turli masofadagi narsalarni ko’rishga moslashuvi. Akmeologiya (yunon. Akme yuksak pog’ona, ziyraklik, yuqori, logos - tushuncha ta'limot) - tibbiyot, ijtimoiy va tabiiy fanlarning tutashuvida maydonga kelib, fenomenologiyani, inson taraqqiyotining qonuniyat va mexanizmlarini, insonning kamolotga erishish pog’onasida uning bu taraqqiyoti ancha yuqori darajaga erishuvini o’rganadigan fan. Aks ettirish nazariyasi- in'ikos nazariyasi; psixik hodisalar borliqni aks ettirishning shakllaridan biri deb qaraladigan nazariya. Aksentlash (yunon. Accentys – urg’u) - narsalarning ayrim qismlarini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Amaliy tafakkur - ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va xatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq. Ambivalentlik (yunon. Ambi - tevarak, ikki tomondan, lot. valentia - kuch) - bir vaqtda qarama - qarshi hissiyotlarning namoyon bo’lishi (mas., kulgu va qayg’u, xursandlik va kulfat). Amneziya (lot. A - inkor etish, mnesus - xotira) - miyaning turli qismlarining jarohatlanishi natijasida xotiraning yo’qolish holati. Analizator (yunon. Analusis bo’laklarga ajratish) - murakkab neyrofiziologik tizim, odamga ta'sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilish. analizatorlar sezgirligining ortib ketishi. Animizm (lot. anima - jon) - odam, hayvonot, o’simlik, predmetlarda mustaqil jon borligi haqidagi tasavvur tizimi. Apatiya (yunon. Apatheia - hissiyotsizlik) - kishining tevarak - atrofdagi olamga nisbatan hech qanday qiziqishilarsiz befarq holati. Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling