Kelishilgan
Download 496 Kb.
|
XIO Majmua
Men seni alIa qilay, alIa.
Ko'tarib katta qilay, alIa. Alla jonning rohati, alIa, Uyqu ko'zling rohati, alIa. O'rik yog'och beshiging, alIa, 0 'rgilib ketsin onang, alIa. Tut yog'ochdan beshiging, alIa, Termulib o'tsin onang, alIa. Yuqoridagi bandlami o'rin almashtirib aytsa ham bo'laveradi. Chunki ularning har biri alohida alIa matnidan iboratdir. Voqeaband allalarda esa ona aytayotgan alla matnida o'ziga xos bog'liqlik seziladi. Ularni avvalgi namunalardek oldinma keyin aytish mumkin emas. E'tibor qi1ing: Past-past gin a tepadan, Toydim-tushdim-o, alIa. Qo'limga qaychi olib-o Senga qo 'Zichog 'im-o, Chopon bichdim-o, alIa. Yenglari tor kelmasin, deb, Qo'lingga qarab-o, alIa. Chopon bichgan qo'limni-yo, Mening toylog'im-o, alIa, Oyi bordir-o, alIa, Jonim bolam-o, alIa. Ko'rinib turibdiki, endi bu alIadagi misralaming o'rnini almashtirib ijro etish mumkin emas. Chunki bu alIada matndagi mazmun bir butun bo'lib, misralarning oldinma keyin, ma'lum tartibda kuylanishini talab qiladi. Maishiy alIalarda esa ona ko'proq alIa aytish sababi bilan o'zining dardini bayon qilishga urinadi. Shaftoli shoxiga zor, alla, G'aynoli bargiga zor, alla. Men dadangga intizor, alla, Ko 'z tutarman beqaror, alla. Umuman, alIa onaning farzandi bilan his-tuyg'ular orqali munosabatda bo'lish vositasi. Ular lirik asarlar sifatida kuylovchilarning ichki kechinmalarini ifodalaydi. Shuning uchun ham chaqaloqni estetik tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bolalar folklorining yana bir janri ertaklardir. Tabiiyki, bu ertaklar kattalar folkloridagi namunalardan syujetdagi va tildagi soddalik bilan ajralib turadi. Ularning matnlari ham hajm jihatdan qisqa bo'ladi. Ishtirok etadigan qahramonlar - obrazlar esa ko'pincha hayvonlardir. Kattalar yosh bolalarga bag'islangan ertaklar orqali bir qator maqsadlarni nazarda tutganlar. Jumladan, bunday ertaklar bolalarni ovutishga, ayrim yovvoyi va uy hayvonlari, qushlar haqida ma'lumot berishga, ulaming nutqini o'stirishga, uxlashdan oldin tinch-sokin kayfiyatni hosil qilishga qaratiladi. Boladagi ezgulikka intilishni shakllantiradi, rivojlantiradi. Masalan, «Qarg'a bilan Qo'zi» ertagida qarg'a qo'zini yemoqchi bo'ladi. Qo'zi qarg'aga tumshug'ini halolIab olishini maslahat beradi. Qarg'adaryo bo'yiga tumshug'ini halollash uchun keladi. Shu bilan qarg'ani daryo ko'za uchun kulolga, kulol ko'za qilish uchun tuproqqa, tuproq qazish uchun kiyikka, kiyik shoxini sindirish uchun tozi itning egasi Po'latvoy akaga, Po'latvoy aka tozi kuch to'plashi uchun sigir sutini olib kelishga va hokazo Toshvoy akaga, o'tga, ustaga, ko'mirga jo'natishibdi. Oxiri qarg'a o'roqni olib uchib ketayotganida o'roq qarg'aning qanotini kesib ketibdi va u o'libdi. Eng muhimi, qarg'a o'zining qora niyatiga yetolmaydi. AmIno ertakning oxiridagi qarg'aning so'zlari bilan tanishsak, bolalar eslashi uchun qiziq bir monolog hosil bo'lganini ko'ramiz: Qarg'a bu yerdan ham uchib o'shal ko'mirchilarning oldiga borib: - Ko'mirchi aka, Ko'mirchi aka, bering ko'mir, qilsin o'roq, o'ray quroq, yesin sigir, bersin gut, ichsin tozi, quvsin kiyik, taslasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko'za, olay suv, chayqay tumshuq, semiz, a'lo, yeyman qo'zi, - debdi. Agar e'tibor bersak, qarg'aning bu monologida ertakning boshidan oxirigacha mazmuni to'la singdirilganiga guvoh bo'lamiz. Yosh bola bu ertakni eshitar ekan, hayotidagi hamma voqea-hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada ekaniga tushunadi. Yakka shaxs, yakka kasb hech qachon hayotdan ajragan holda yashay olmaydi. Ertakchi daryo, kulol, tozi, kiyik, dala, ko'mirchi - hammasi qo'zi tarafida, Qo'zi esa beg'uborlik, tozalik rarnzi sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun qo'zini yemoqchi bo'lgan qarg'aning o'zi o'lib ketadi. Bolalar folkloriga oid deyarli hamma ertaklarda ana shu yo'nalish yetakchi hisoblanadi. Maishiy ertak «Uch og'a-ini botirlar»da esa agar mazmuni va mohiyati keksa otaning uchta o'g'liga safar oldidan bergan uchta maslahatida o'z ifodasini topadi. Ular quyidagilardan iborat: 1. To'g'ri bo'ling - bexavotir bo'lasiz. 2. Maqtanchoq bo'lmang - uyatga qolmaysiz, 3. Dangasa bo'lmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Maslahatlar ma'nosidan ham ma'lum bo'lib turibdiki, ular aslida har bir o'zbekning farzandiga qiladigan nasihatidan iboratdir. Binobarin, ular bevosita bizlarga ham taalluqlidir. Ertak matni esa ana shu pand-nasihatning badiiy ifodasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bolalar ertaklarida ortiqcha xayoliy fantaziyalar kattalar folkloridagi kabi bo'lmaydi. Bolalar ertagi faqat soddaligi, tilining ravonligi bilan emas, hayotga yaqinligi bilan ham e'tiborni o'ziga tortadi. XulIas, bolalarga atab yaratilgan ertaklar ko'p jihatdan xalq pedagogikasi tamoyillari aks etgan badiiy so'z namunasidir. Download 496 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling