Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


IV. SANOAT VA RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

IV. SANOAT VA RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI 
TA`MINLASHDA 
PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORATNING ROLI 
Potentsial xavfli obyektlar - ishlab chiqarish texnikasi va transporti, 
bosim ostida ishlaydigan idishlar, quvur tarmoqlari, elektr stantsiyalari, 
ko`priklar, binolar va inshootlarning tayanch konstruktsiyalari, ko`tarish 
qurilmalari, temir yo`llar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa 
bir qancha obyektlarning sifati va xavfsizligini tekshirishda putur 
etkazmaydigan nazorat alohida ahamiyat kasb etadi. Xavfli ishlab 


663 
chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini 
tayyorlash, ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish, montaj qilish, qurish va 
sanoat xavfsizligi ekspertizasi sifati, radiatsiya xavfini o`z vaqtida 
aniqlash bilan bog’liq sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashning 
asosiy omillaridan biri sifatida putur etkazmaydigan nazoratning roli va 
ahamiyati o`sishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin 
ishlatish muddatlarini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Bunday 
obyektlarning 
vaqti-vaqti 
bilan 
o`tkaziladigan 
ishonchli 
putur 
etkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va, 
asosiysi, texnogen avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish 
imkonini beradi. 
Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga 
chiqish ehtimolining, shu jumladan buning oqibatida ish to`xtab qoladigan 
yo`l qo`yiladigan doirasida chetga chiqishlarini prognozlashtirish uchun 
ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va o`rganish, 
shuningdek normal ish rejimi buzilishining o`z vaqtida oldini olish 
maqsadida ular holatini eksperimental aniqlash usullari va vositalarini 
ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishlab chiqarish 
tsiklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika 
deb ataladi. Putur etkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika 
usullari texnika qurilmalari, binolar va inshootlar ish qobiliyati va 
xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun 
qo`llaniladi. 
Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruktsiyalar, mexanizmlar 
va elementlarning texnik holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek 
normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari yoki (inshootni) 
loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan 
belgilanadigan xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va 
ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi. 
Putur etkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish 
obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar 
va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirishda muhim 
bo`g’in, tashkil etilishi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat 
xavfsizligi to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga 
oshirishning yo`nalishlaridan biri hisoblangan Sanoat xavfsizligi 
ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini 
ta`minlashning asosi hisoblanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling