Kiberxavfsizlik asoslari fanidan Autentifikatsiyalash faktorlari. Eri yordamida autentifikatsiyalash mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.99 Mb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1139583
1   2   3   4
Ariza to‘ldirish
(1-rasm)


E-imzo saytining quyidagi bo‘limida «Ariza shaklini to‘ldiring» tugmasini bosganda, dastlabki ma’lumotlarni kiritish oynasi paydo bo‘ladi. (2-rasm)

Bu yerda foydalanuvchi o‘zining STIR raqami, telefon raqami va rasmda keltirilgan himoya kodini kiritishi kerak.


Telefon raqam foydalanuvchi nomiga (pasportiga) rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Mobil telefon raqamiga tasdiqlash kodi SMS tarzida keladi. Kodni yozib tasdiqlash tugmasini bosish kerak.
E-IMZO modulini o‘rnatish
Elektron raqamli imzo (ERI) ishlashi uchun kompyuterda ERI moduli o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Agar kompyuterda e-imzo-3_41.exe dasturi o’rnatilmagan bo’lsa, uni rasmiy veb sayt (http://dls.yt.uz/E-IMZO-v3.41.zip) dan yuklab oling. (3-rasm)

«E-IMZO dasturini yuklab olish» tugmasi bosilganda, yangi sahifa ochiladi va u yerda foydalanuvchi o‘ziga kerakli modulni tanlaydi: brauzer yoki ilova.
(4-rasm)


Modul o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng quyidagi oyna paydo bo‘ladi va bu yerda foydalanuvchi «Da» tugmasini bosishi kerak. (5-rasm)


Pasport surati
Modul o‘rnatilib ishga tushgandan so‘ng, foydalanuvchi pasport rasmini (ma’lumot va foto joylashgan sahifa) hamda pasportini qo‘lida ushlab tushgan rasmini yuborishi kerak. Pasport bilan selfi-suratda ma’lumotlar aniq o‘qiladigan va tiniq bo‘lishi kerak.
Shuningdek, pasport bilan selfi-surat oyna effekti uslubida gorizontal shaklda burilib qolgan bo‘lishi mumkin: matn o‘ngdan chapga o‘qib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. Bu muammo ayrim smartfon va kameralarda uchrab turadi va bunaqa surat qabul qilinmaydi.(6-rasm)


Pasport rasmi Pdf, Png, Jpg, Jpeg, formatida bo‘lishi va maksimal hajmi 5 megabaytdan oshmasligi kerak. «Выберите файл» tugmasi bosilib, kerakli rasm tanlanadi.
Pasport bilan selfi surat ham avvalgi qoidalarga amal qiladi va yuklash usulida ham farq yo‘q.
So‘ngra Pfx kalit fayli yaratilib saqlanadigan disk «Diskni tanlang» menyusida belgilanadi va kalit nomi avtomatik tarzda o‘rnatiladi.
Yakuniy bosqichda parol o‘rnatiladi va takroran «Parolni takrorlash» maydonida terilib, «*.pfx faylni yaratish va davom etish» tugmasi bosiladi. (7-rasm)

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling