Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba FENOLFTALEIN Reaktivlar


Download 390 Kb.
bet17/22
Sana05.01.2022
Hajmi390 Kb.
#233000
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
лаборатория йўриқномаси

12-Tajriba
FENOLFTALEIN



Reaktivlar.

Ftal angidrid 3,2 g (0,02 mol’)

Fenol 6,5 g (0,6 mol’)

Sul’fatkislota; o’yuvchi natriy; sirka kislota;

xlorid kislota; spirt; aktivlantirilgan ko’mir.

Kichikroq konussimon kolbaga ftal angidrid, fenol va 1,3 ml kontsentrlangan sul’fat kislota solib, aralashma moy hammomida temperaturani 125-130°S dan oshirmay 3 soat qizdiriladi.

Kolbadagi suyuqlik, unga tushirilgan termometr bilan vaqt-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Reaksiya tamom bo’lgandan so’ng, issiq aralashma 60 ml suvli stakanga qo’yilib, fenolning hidi ketguncha qaynatiladi; stakan tagida cho’kma hosil bo’lib qolishi natijasida qaynayotgan modda otilib sachrab ketishi mumkin. SHuning uchun u doim aralashtirib turilishi kerak. Fenol eritmaga suv bug’i yuborish bilan ham yo’qotilishi mumkin.

Eritma sovitilganda tushgan cho’kma iloji boricha stakanda qoldirilib, Byuxner voronkasi orqali fil’trlanadi. Stakandagi cho’kma (va qisman fil’trdagi) 2 marta ozroq sovuq suv bilan yuvilib, 5 % li o’yuvchi natriyning issiq eritmasida eritilib fil’trlanadi. To’q qizil fil’trat sirka kislota bilan kislotali muhitga keltirilib, 2-3 tomchi xlorid kislota qo’shiladi va bir kecha qoldiriladi.

Hosil bo’lgan cho’kma fil’trlanib, quritiladi.



Uning miqdori 2,5 g atrofida bo’ladi.

Toza fenolftalein olish uchun olingan modda 10 ml spirtda qaynatib eritiladi va aktivlantirilgai ko’mir bilan qaynatiladi.

Issiq eritma SHotta voronkasida fil’trlanib, ko’mir qaynoq spirt bilan yuviladi.

Eritma sovitilgandan so’ng sakkiz hajm suv bilan suyultirilib fil’trlanadi va fil’trat chinni kosachada spirtni uchirish uchun suv hammomida qizdiriladi va yarim soat qoldiriladi. Sovitilgandan so’ng cho’kmaga tushgan fenolftaleinning kristallari fil’trlanib havoda quritiladi.

Toza fenolftaleinning suyuqlanish temperaturasi 259-263°S.

Miqdori 1 g atrofida.


Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling