Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat. Reja. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi Kimyoviy muvozanat


Download 246.86 Kb.
bet4/27
Sana11.02.2023
Hajmi246.86 Kb.
#1189555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat. Reja. 15 Kimyoviy reaks

Boshqacha yo‘l tutilganda — reaksiya davomida ayrim atom va molekulalar holatidagi o‘zgarishlarni tadqiq etish natijasida ham umumiy qonuniyatlarni keltirib chiqarish mumkin. Bu usulni amalga oshirishda ko‘pincha turli taxminlarga tayanishga to’g‘ri keladi, chunki ko’pchilik reaksiyalar «oraliq bosqichlar» vositasi orqali amalga oshadi. Oraliq bosqich mexanizmi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘pgina ma’lum otlarni o ‘zaro umumlashtiruvchi holatgacha yetkazish kerak bo‘ladi.
Makrosistemalarga mos keladigan qonuniyatlar atomlarda va molekulalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ular bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin.
Hozirgi zamon kimyoviy kinetikaning yutuqlari yuqorida aytilgan ikki xil yo‘nalishdagi izlanishlar natijasidan kelib chiqqan qonuniyatlar va nazariy holatlarni jamlab olgan. Termokimyoviy hisoblar asosida ko‘pgina ahamiyatli jarayonlarning energetik xossalarini baholash mumkin. Masalan, kimyoviy bog‘lar va kristall panjara energiyalarni, fazoviy o‘zgarishlar, molekulalar orasidagi ta’sirlashish energiyalarini, erish, solvatlanish (gidratlanish) entalpiyalarini hisoblash mumkin.

Issiqlik effektlar yigindisi


1840-yilda rus kimyogari G. I. Gess issiqlik effektlar yigindisi (issiqlik effektining additivligi) qonunini ta’rifladi:
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti boshlang‘ich modda va mahsulotlarning agregat holatlarigagina bog ‘liq, reaksiya borishida bo’ladigan bosqichlarga bog‘liq emas.
Quyida uglerodning oksidlanishi natijasida uglerod(IV) oksid hosil bo‘lish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblash bilan termokimyoning shu qonunini tushuntiramiz.
Grafitning oksidlanib, CO2 hosil bo’lishini ikki usulda amalga oshirish mumkin.

Download 246.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling