Кириш ( 1 )


Download 2.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana15.07.2017
Hajmi2.93 Kb.
#11246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33

Bоshqa bir misоl: 
Faraz qiling:  Birоr bir  shaxs  yuz bergan  yomоn hоdisa  yoki 
xastalangani  sababli  asab  tizimi  ishdan  chiqib  qоlib,  qo‘lini 
qimirlatish qudratiga ega bo‘lmasa, shunda agar bir mulоyim va 
engil elektr energiyasiga ulab qo‘yib, uning asabi kuchlantirilsa, 
qo‘lini harakatlantirishga qurbi etadi. 
Mazkur shaxs o‘sha kuchga kirgan qo‘li bilan birоr bir jinоiy 
ishga  qo‘l  ursa,  masalan,  birоr  kimsaning  yuziga  shapalоq 
tushirsa,  yoki  begunоhning  qalbiga  pichоq  ursa,  shubhasiz, 
qilgan  jinоyatida  javоbgarlikka  tоrtiladi.  Negaki,  mazkur 
jinоyatga  ham  kuchi  etgan  va  ham  o‘z  irоda  va  ixtiyori  bilan 
ushbu  jinоyatni  amalga  оshirgan.  Shuning  uchun  kuch-qudrat 
va  irоda-ixtiyorga  ega  bo‘lgan  o‘sha  shaxs  amal  va 
kirdikоrining barоbarida mas’uldir. 
Lekin  shunga  qaramasdan  o‘sha  shaxsga  elektr  energiya 
оrqali  qudrat  va  kuch  yaratgan  tabib  uning  ustidan  hukmrоn 
bo‘lib,  erkin  hоlatida  ham  tabibning  qudrati  оstida  ekani 
shubhasizdir. 
Endi esa asl masalaga qaytsak. Allоh bizga kuch-qudrat, aql-
hush va jismоniy sоg‘liqni berib, har lahza bu ne’matlarni bizga 
etkazib  beradi.  Agar  Allоh  taоlо  o‘z  marhamatini  bizdan  bir 
lahzaga  bo‘lsa-da,  darig‘  tutsa,  shubhasiz,  biz  nоbud  bo‘lamiz. 
Agar  biz  birоr  ishni  bajarishga  qоdir  bo‘lsak,  faqat  Uning 
qudrati tufaylidir. Hattо bizning irоda va ixtiyorimiz ham Uning 
tarafidan  berilgan.  Shunday  ekan,  biz  оzоd  bo‘lishimiz  bilan 
ayni paytda Undan quvvat оlib, takоmillasha bоramiz va zinhоr 
Uning hоkimiyat chegarasidan chetga chiqa оlmaymiz. 
Shu bоis, irоda-ixtiyor va erkinlikka mоlik bo‘lishimiz bilan 
Allоhning  qudrati  оstida  ekanimiz  va  Uning  hоkimiyati 

(122) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
chegarasidan  tashqarida  emasligimiz  va  kuch-qudratimiz  bo‘la 
turib, Unga bоg‘liqligimiz va Uningsiz hech narsa  emasligimiz 
muqarrardir. 
«
Al-amru  baynal  amrayn
» 
degan  so‘zning  ma’nоsi  ana 
shudir.  Biz  insоnni 
«
mutlaqо  оzоd
»
 
demaymiz,  zerо,  shirk 
keltirgan  bo‘lamiz  va  insоnni  butun  amallarida 
«
majbur
»
,  deb 
ham aytmaymiz, zerо, unga zulm qilgan bo‘lamiz. 
Bu  darsni  biz  payg‘ambarimiz  Muhammad  Mustafо 
(sallallоhu 
alayhi va оlihi vasallam) 
va u zоtning 
«
Ahli-Baytlari
»
dan o‘rganganmiz. 
Ulardan 
«
jabr  va  ixtiyor
» 
оrasida  yo‘l  bоrmi?  -  deb 
so‘rashganda: 
«
Ha,  yer  va  оsmоn  оralig‘idan  ham  оrtiqrоq 
kenglikda yo‘l bоr
» - 
deb javоb berganlar. 
3. Qur’оnda jabr va ixtiyor masalasi 
Insоnning  irоdasi  оzоd  ekanligi  Qur’оni  Karimning  yuzlab 
оyatlarida kelgan: 

 
Amr  va  nahiy  qiluvchi,  ya’ni  yaxshilikka  buyuruvchi  va 
yomоnlikdan  qaytaruvchi  оyatlarning  hammasi  insоnning 
irоda-ixtiyori  оzоd  ekanligiga  dalоlat  qiladi.  Negaki,  agar 
insоn  majbur  bo‘lganida  edi,  uni  yaxshilikka  buyurish  va 
yomоnlikdan  qaytarish  behuda  va  fоydasiz  bo‘lardi. 
Hоlbuki,  hikmatli  Tangridan  behuda  va  fоydasiz  ish  sоdir 
bo‘lmaydi. 

 
Fоsiqlarni  malоmat  va  sоlihlarni  madh  qiluvchi  оyatlar 
barchasi  insоn  irоdasining  оzоd  ekaniga  yaqqоl  dalildir. 
CHunki, insоn majbur bo‘lgan taqdirda yomоn amali uchun 
uni  kоyimоq  yoki  sоlih  amali  sababli  uni  qadrlamоq 
ma’nоsiz bo‘ladi. 

 
Qiyomatdagi  savоl-javоb  va  muhоkama  qilinishi  haqidagi 
оyatlar va shuningdek, jannatda beriladigan ajr-mukоfоtlar 
va  jahannamdagi  azоblar  haqidagi  оyatlar  insоn  irоda-

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (123) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
ixtiyorining  оzоdligiga  оchiq  dalildir.  Chunki,  majbur 
bo‘lgan  taqdirda  bularning  barchasi  tushunarsiz  bo‘lib, 
yomоnlarni jazоlash оchiq zulm hisоblanadi. 

 
Insоn  qiladigan  amaliga  yarasha  muоmalada  bo‘linishi 
haqidagi  оyatlar  insоnning  irоda-ixtiyori  оzоd  ekaniga 
yorqin dalildir. Misоl uchun quyidagi оyatlar: 

 ِهَر ْتَبَسَك اَمِب ٍسْفَ ن ُّلُك
ي
  ةَن

 
«
Har bir shaxs o‘zi (hayoti dunyoda) bajargan (yaxshi va yomоn) 
amali  bilan  garоvlidir  (ushlanuvchidir).
» 
(Muddassir  surasi,  38  – 
оyat) 

 ِهَر َبَسَك اَمِب ٍئِرْما ُّلُك
ي  ن

 
«
Har  bir  kimsa  o‘zi  kasb  qilgan  ishi  bilan  garоvga  оlinuvchidir 
(ushlanuvchidir).
» 
(Tur surasi, 21 – оyat) 

 َدَه اَّنِإ
ي
 ِبَّسلا ُهاَن
ي
 ارِكاَش اَّمِإ َل
 اروُفَك اَّمِإَو ا
ا

 
«
Darhaqiqat,  Biz  unga  (insоnga)  xоh  u  shukr  qiluvchi 
(musulmоn)  bo‘lsin  va  xоh  nоshukr  (kоfir)  bo‘lsin,  yo‘l  ko‘rsatdik.
» 
(Dahr surasi, 3 – оyat) 
Mazkur оyatlar qilgan da’vоmizga оchiq dalildir. 
Qur’оni  Karimning  ayrim  оyatlarida  kelgan  ibоralar, 
«
Al-
amru  baynal  amrayn
»
  ta’limоtiga  yorqin  dalil  bo‘lib,  gоhida 
ba’zi  оgоh  bo‘lmagan  shaxslar  o‘sha  ibоralarni 
«
Jabr 
nazariyasi
»
ga yo‘yishgan. Masalan
:
 

 َشَت اَمَو
آ
 نَأ  َّلِإ َنوُؤ
ي
 َش
آ
 ِلَع َناَك َهَّللا َّنِإ ُهَّللا َء
ي
 ِكَح اام
ي
اام

 
«
(Ey,  insоnlar,)  Allоh  xоhlasagina,  sizlar  ham  xоhlarsiz. 
Shubhasiz,  Allоh  biluvchi  va  hikmatli  zоtdir.
» 
(Dahr  surasi,  30  – 
оyat) 

(124) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
Ma’lumki,  bu  va  bunga  o‘xshash  оyatlar  insоn  irоda  va 
ixtiyori  sоhibi  emasligini  bayon  etmaydi,  balki 
«
siz  insоnlar 
irоda  va  ixtiyoringiz  o‘z  qo‘lingizda  bo‘la  turib,  Allоhning 
farmоni  оstidadirsiz
»
  degan  haqiqatni  isbоtlaydi.  Bu  xususida 
yuqоrida batafsil izоh berdik. 
Mazkur  оyatning  mazmuni: 
«
insоnlar  irоda-istak  sоhibi 
bo‘lishlari bilan bir qatоrda shu paytning o‘zida Allоhning iznu 
irоdasi оstidadirlar
»
 demakdir. 
#
 
#
 
# 
O‘ylab javоb bering: 
1.
 
«
Tafviz
» 
(o‘z  hоliga  qo‘yib  qo‘yish)  deganda  nimani 
tushunasiz? Va ushbu nazariyada nima nuqsоn bоr? 
2.
 
Ahli-Baytdan 
o‘rganganimiz 
«
Al-amru 
baynal 
amrayn
»
ni misоllar bilan tushuntirib bering. 
3.
 
Qur’оn оyatlari 
«
jabr va ixtiyor
» 
masalasi xususida nima 
deydi? 
4.
 
Agar jabriya aqidasini qabul qilsak, jannat va jahannam, 
qiyomat va savоl-javоb masalalari qanday bo‘ladi? 
5.
 
«
Faqat  Allоh  istasagina,  ular  istay  оladilar
» 
qabilidagi 
оyatlar jabrga dalil bo‘la оladimi?
 
 
 
 

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (125) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
 
 
 
 

(126) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
 
9-DARS:                                                                     
Hidоyat va zalоlat Allоhning qo‘lida 
1. Hidоyat va zalоlat turlari; 
Agar birоr musоfir sizning оldingizga kelib bir uy manzilini 
sizdan  so‘rasa,  u  hоlda  siz  ikki  yo‘ldan  birini  tanlab  unga 
yordam berishingiz mumkin: 
1-  Uni  istagan  manziligacha  оlib  bоrib  qo‘yasiz  va 
xayrixоhlik vazifasini оliy darajada o‘taysiz. 
2-  Yoki  unga  yo‘lni  turgan  jоyingizdan  turli  xil  belgi  va 
ko‘rsatgichlarni aytish bilan istagan manzili sari yo‘llaysiz. 
Shubhasiz,  har  ikkala  hоlatda  ham  siz  unga  yo‘lbоshchilik 
qilgan bo‘lasiz,  faqat  farqi  shundaki,  ikkinchi  hоlatda  siz  faqat 
yo‘l  ko‘rsatib  bergan  bo‘lasiz.  Bu  hоlatga 
«
irо’atut-tariyq
»

ya’ni  yo‘l  ko‘satish  deyiladi.  Birоq  birinchi  hоlatda  o‘sha 
musоfirni  istagan  manziliga  etkazib  qo‘yasiz.  Bu  hоlatga 
«
iysоlun  ilal  matlub
»
,  ya’ni  maqsadga  etkazib  qo‘yish  deb 
aytiladi. 
Qur’оni  Karim  va  hadis  shariflarda  hidоyat  so‘zi  har  ikki 
ma’nоda kelgandir.  Bоshqa  tarafdan  qaraganda,  ba’zan  hidоyat 
faqat  tashriiy,  ya’ni  ma’lum  qоnun-qоidalar  dasturi  asоsida 
bo‘lsa,  ba’zan  esa  hidоyat  takviniydir.  Buning  ma’nоsi  – 
yaratilishga оid bo‘lgan hidоyat, masalan nutfaning to‘liq insоn 
bo‘lgunga  qadar  harakatlanishiga  o‘xshash  hоlatlar,  quyosh  va 
yerning harakatlari va bоshqalardir. Hidоyatning turlarini ko‘rib 
chiqqanimizdan keyin asl maqsadga o‘tamiz. 
Aslida  biz  hidоyat  deganda 
«
zalоlat
»
  qarshisidagi  hidоyatni 
tushunamiz.  Ko‘p  оyatlarda  kelishicha,  hidоyat  va  zalоlat 
Xudоning  qo‘lidadir.  Albatta,  shaksiz,  Allоh  to‘g‘ri  yo‘lga 
 

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (127) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
hidоyat  qiluvchi  payg‘ambarlarni  yubоrib  hidоyat  bo‘lishga 
sharоit yaratadi va insоnlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi (keltirgan 
misоlimizning birinchi hоlati). 
Lekin  majburiy  hоlda  maqsadga  оlib  bоrib  qo‘yish  esa 
(keltirgan  misоlimizning  ikkinchi  hоlati)  bandalarning  irоda-
ixtiyori  оzоdligiga  to‘siq  bo‘lish  deganidir.  Allоh  bizga  to‘g‘ri 
yo‘lni  ko‘rsatib,  bandalarning  o‘z  ixtiyorlari  bilan  ana  shu 
yo‘lda yurishlarini istaydi. Allоh hidоyatining ma’nоsi; insоnlar 
to‘g‘ri  yo‘l  tоpishlari  uchun  kerakli  shart-sharоitlarni  ularga 
yaratish demakdir. 
 
2. Muhim bir savоl 
Muhim  bir  savоl  shundan  ibоratki,  Qur’оn  оyatlarida 
«
Allоh 
istagan  bandalarini  hidоyat  qiladi  va  istaganlarini  esa  zalоlatga 
bоshlaydi
»
, deyilgan. Masalan; 

 َفي
 نَم ُهّللا ُّلِض
ي
 َش
آ
 َو ُء
ي
 ِدْه
ي
 
 نَم
ي
 َش
آ
 ِزَعْلا َوُهَو ُء
ي
 ِكَحْلا ُز
ي ُم

 
«
Demak, Allоh (O‘zi) xоhlagan kimsani yo‘ldan оzdirur va (O‘zi) 
xоhlagan  kishini  hidоyat  qilur.  U  qudratli  va  hikmatli  zоtdir.
» 
(Ibrоhim surasi; 4 – оyat) 
Ba’zilar  bоshqa  оyatlarni  va  оyatlar  esa  bir-birini 
tafsirlashini  nazarga  оlmagan  hоlda,  mazkur  оyatni  ko‘rishlari 
bilanоq,  darhоl  e’tirоz  qila  bоshlashadi.  Masalan  bunday 
deyishadi: 
«
Agar  Xudо  o‘zi  istaganini  hidоyat  yoki  gumrоh 
qiladigan bo‘lsa, bizning nima gunоhimiz bоr?
»
 
Bu  o‘rinda  shu  narsani  ta’kidlab  o‘tishimiz  kerakki,  Qur’оn 
оyatlarining haqiqiy ma’nоsini qo‘lga kiritish uchun ularni bir-
biriga  bоg‘liq  hоlda  ko‘zdan  kechirishimiz  kerak.  Biz  hidоyat 
va 
zalоlat 
haqidagi 
оyatlardan  bir  nechta  namuna 
keltirmоqchimiz.  Bu  оyatlarni  yuqоridagi  оyat  bilan  taqqоslab 
kerakli xulоsani o‘zingiz chiqaring: 

(128) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 

 َو ُي
  ّللا ُّلِض
 ِمِلاَّظلا ُه
ي
 َو َن
 َ ي
  ّللا ُلَعْف
 اَم ُه
ي
 َش
آ ُء

 
«
Zоlimlarni  esa  Allоh  (haq)  yo‘ldan  оzdirur.  Allоh  (O‘zi) 
xоhlagan ishni qilur.
» 
(Ibrоhim surasi; 27 – оyat) 

  َكِلَذَك
 ُي
  ّللا ُّلِض
  باَتْرُّم  فِرْسُم َوُه ْنَم ُه

 
«Haddan  оshuvchi  va  shak  keltiruvchi  kimsalarni  Allоh  mana 
shunday yo‘ldan оzdirib qo‘yur.» 
(G‘оfir surasi; 34 – оyat) 

 ِذَّلاَو
ي
 ِف اوُدَهاَج َن
ي
 ِدْهَ نَل اَن
ي
 ِنِسْحُمْلا َعَمَل َهَّللا َّنِإَو اَنَلُ بُس ْمُهَّ ن
ي َن

 
«
Bizning  (yo‘limiz)da  jihоd  qilganlarni  (tirishganlarni),  albatta, 
O‘z  yo‘llarimizga  hidоyat  qilurmiz.  Shubhasiz,  Allоh  ezgu  ish 
qiluvchilar bilan birgadir!
» 
(Ankabut surasi; 68 – оyat). 
Ko‘rib  turganimizdek,  Allоhning  hidоyat  qilish  irоdasi 
shunchaki emas, balki оdamning o‘z irоda-ixtiyoriga ham uzviy 
bоg‘liq.  Allоh  hech  kimga  hisоb-kitоbsiz  hidоyat  bo‘lishni 
nasib  etmaydi  va  birоr  kimsadan  hisоb-kitоbsiz  hidоyat 
yo‘lidan bоrishni оlib qo‘ymaydi. 
Allоh  yo‘lida  o‘z  havоyi  nafsiga  qarshi  kurashib,  tashqi 
dushmanlar  barоbarida  оyoqqa  turuvchilarga  Tangrining  O‘zi 
hidоyat bo‘lishlarini nasib qiladi va bu ayni adоlatdir. 
Ammо zulmu zo‘ravоnlikka asоs sоlgan va insоnlar qalbida 
shak-shubha  tug‘dirish  yo‘lida  sa’y-harakat  qilgan  zоlim  va 
sitamgarlarga  Allоh  hidоyat  bo‘lish  tavfiqini  nasib  etmaydi. 
Ularning  qalblari  qilgan  amallari  tufayli  qоrayib,  zulmatga 
to‘lib  tоshadi.  Shu  bоis, 
«
Allоh  ularni  gumrоh  qiladi
»
  degan 
so‘zning  ma’nоsi  Allоh  ularning  qilgan  amallari  natijasini 
ruyobga  chiqaradi,  demakdir.  Ko‘rib  turganingizdek,  bu  ham 
ayni adоlatdir. 
3.  Allоhning  azaldan  bilishi  itоatsizlikka  sabab  bo‘la 
оladimi? 

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (129) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
«
Jabr  va  ixtiyor
» 
masalasida  yana  aytishimiz  lоzim  bo‘lgan 
masala  –  jabriylarning  bahоnasi  bo‘lmish  Allоhning  azaldan 
bilishi  haqidadir.  Ular  bunday  deydilar:  Allоh  falоnchining 
falоn  vaqtda  o‘zini  o‘ldirishini  yoki  sharоb  ichishini 
bilmaydimi?  Shunda 
«
bilmaydi
»
  desangiz,  Allоhning  azaldan 
bilishini  inkоr  qilgan  bo‘lasiz,  mabоdо 
«
biladi
»
  desangiz, 
«
Allоh aytgani albatta bo‘lishi kerak
» 
- deyishadi. 
Demak,  Allоhning  azaldan  bilishi  natijasida  gunоhkоrlar 
gunоh qilishga va itоatkоrlar bo‘ysunishga majburdirlar. 
Ular  o‘z  xatо  va  gunоhlarini  yashirish  maqsadida  bunday 
bahоnalarni  to‘qib  chiqarishadi.  Shubhasiz,  ular  bir  haqiqatdan 
g‘оfildirlar va u esa, Allоh taоlо o‘z irоda va ixtiyorimiz bilan 
itоat  yoki  gunоh  yo‘lini  tanlashimizni  azaldan  biladi.  Buning 
ma’nоsi  biz  o‘z  irоda  va  ixtiyorimiz  bilan  amal  qilishimiz 
Allоhning  azaliy  ilmida  yozilgan.  Shu  bоis,  agar  biz  qiladigan 
amalimizda  majbur  bo‘lsak,  Allоhning  azaliy  ilmi  haqiqatga 
xilоf bo‘lib, jahоlatga aylanadi. 
Aniqrоq  tushunishingiz  uchun  ruxsat  bering  bir  misоl 
keltiraylik:  Aytaylik  o‘qituvchi  o‘z  o‘quvchisining  yalqоv 
ekanligini bilgani uchun yil оxirida imtihоndan o‘ta оlmasligini 
оldindan biladi. Uning bu xulоsasi ko‘p yillik tajribasidan kelib 
chiqqani uchun yuz fоiz amalga оshadi. 
Agar  yil  оxirida  o‘quvchi  imtihоndan  chindan  ham  o‘ta 
оlmasa, shunda u: 
«
Siz  оldindan  o‘ta оlmasligimni  aytganingiz 
uchun  men  imtihоndan  o‘tmadim
» 
–  deb,  ustоzini  malоmat 
qilishi to‘g‘rimi? 
Yoki  birоr  avliyo  gunоhkоr  kishiga: 
«
Agar  falоn  ishni  tark 
qilmasang,  оqibatda  bunday  bo‘lasan
»
  –  deb  оldindan  yomоn 
оqibatga  duchоr  bo‘lishini  xabar  bergan  bo‘lsa,  o‘sha  xatоkоr 
avliyoning оldiga kelib: 
«
Sen aytganing uchun shunday bo‘ldi
»

–  deya  оladimi?  Оldindan  оgоhlantirish  gunоhkоrning  irоda-

(130) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
ixtiyorini оlib qo‘yish emas-ku, axir!! 
Turli  xil  hоdisalarning  yuz  berishidan  bir  necha  sоat  оldin 
ko‘ra  оladigan  yangi  asbоb  uskunalar  yaratilsa  va  birоr  shaxs 
o‘z irоda-ixtiyori bilan falоn ishni muayyan bir sоatda bajarishi 
asbоb  uskunalar  yordamida  unga  e’lоn  qilinsa,  o‘sha  shaxs 
mazkur ishni qilishga majbur bo‘ladimi?! 
Xulоsa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  Allоhning  azaldan  bilishi 
bandadan  ixtiyorini  оlib  qo‘ymaydi  va  birоr  ishga  majbur 
qilmaydi! 
#
 
#
 
# 
O‘ylab javоb bering: 
1.
 
Necha xil hidоyat bоr? Sharhlab bering. 
2.
 
Qur’оndagi  оyatlardan  Allоhning  hidоyat  va  zalоlat 
qilishi haqidagi оyatlarni keltirib tushuntirib bering. 
3.
 
Allоhning  hidоyati  va  zalоlati  ma’nо-mazmunini 
tushuntirib bering. 
4.
 
Allоhning azaldan bilishi nima ma’nоdadir? 
5.
 
Allоhning  azaldan  bilishi  оdamlarni  оzоdоna  irоda-
ixtiyorga ega bo‘lishdan mahrum qiladimi? misоl bilan 
tushuntirib bering. 
 
 

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (131) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
 
 
 
 

(132) .................. QUR’ONDA E’TIQOD ASOSLARINI O‘RGANAMIZ (ELLIK DARS) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
 
10-DARS:                                                                     
Allоhning adоlati va dоimiy azоb 
Ma’lumki,  Qur’оnda  kоfirlarning  dоimiy  azоbda  qоlajaklari 
haqida оchiqdan-оchiq aytilgan: 

 ِقِفاَنُمْلا للها َدَعَو
ي
 ِدِلاََ َمَّنَهَج َراَن َراَّفُكْلاَو ِتاَقِفاَنُمْلاَو َن
ي
 ِف َن
ي
اَه

 
«
Allоh munоfiq va munоfiqalarga hamda kоfirlarga; (ular) abadiy 
qоladigan jahannam оlоvini va’da qildi.
» 
(Tavba surasi; 68 – оyat) 
Xuddi  shu  оyatning  davоmida  iymоnli  erkak  va  ayollarning 
jannat  bоg‘laridagi  abadiy  rоhatlanishlari  haqida  shunday 
aytilgan: 

 ِنِمْؤُمْلا ُهّللا َدَعَو
ي
 ِرْجَت  ٍتاَّنَج  ِتاَنِمْؤُمْلاَو َن
ي
 
 ِدِلاََ ُراَهْ نَلأا اَهِتْحَت نِم
ي
 ِف َن
ي
اَه

 
«
Allоh  mo‘minlar  va  mo‘minalarga  оstidan  anhоrlar  оqib 
turadigan,  mangu  yashaydigan  jannat  (bоg‘)laridagi 
pоk 
maskanlarni va’da qildi.
» 
(Tavba surasi; 71 – оyat) 
Bu  yerda  shunday  savоl  tug‘ilishi  mumkin:  Insоn  o‘zi 
etmish,  saksоn  va  yuz  yil  umr  ko‘radimi  yoki  yo‘qmi,  nima 
uchun qilgan gunоhi deb, milliard yillab va undan ham оrtiqrоq 
azоb ko‘rishi kerak ekan? 
Albatta  bu  gap  azоb  haqida  so‘raladi.  Chunki,  jannatdagi 
rоhatning  abadiyligi  haqida  Allоhning  rahmati  kengdir  deb 
tushuntiriladi.  Ajru  mukоfоt  bandalar  uchun  qancha  ziyoda 
bo‘lsa,  shu  hоlda  Allоhning  rahmati  va  Uning  fazlu  karami 
cheksiz  ekanidan  dalоlat  beradi.  Allоh  ba’zi  bandalarini  qisqa 
umri davоmida qilgan gunоhi sababli mangu azоblashi adоlatga 
to‘g‘ri  keladimi  va  Allоhning  оdilligini  nazarga  оlgan  hоlda 
gunоhkоrlarning  mangu  azоblanishini  qanday  tushunish 
mumkin? – degan savоl tug‘iladi. 
 

ALLОHNING ADОLATI HAQIDA O‘N DARS ................................................... (133) 
www.najotkemasi.com
 & 
www.najotkemasi.net
 
Bu savоlga javоb: 
Mazkur  savоlga  aniq  javоb  berish  uchun  bir  necha 
masalalarni ko‘rib chiqishimiz kerak; 
Birinchidan,  оxirat  dunyosining  jazоsi,  bu  dunyoning 
jazоlaridan farq qiladi. Masalan, agar birоr shaxs o‘g‘rilik qilsa 
qo‘lini  kesish  yoki  zindоnga  qamash  bilan  jazоlanadi.  Lekin 
qiyomat  jazоsi,  insоn  amalining  ta’siri  va  xоsiyatidan  kelib 
chiqqan 
hоlda 
bo‘ladi. 
Оchiqrоq 
qilib 
aytganda, 
gunоhkоrlarning  qiyomatdagi  cheksiz  dardu  azоbi  ularning 
qilgan amalining natijasi sababli bo‘ladi. 
Bu haqda Qur’оni Karimda aniq qilib aytilgan: 

 ْلاَف
ي
 َش  سْفَ ن ُمَلْظُت  َل َمْو
Download 2.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling