Kirish: I bob. Mustaqil so‘z turkumlarining o’ziga xosligi va ta’limdagi ahamiyati


Download 0.52 Mb.
bet2/10
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1283437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Soʻz turkumlarining umumiy va xususiy belgilari

Mavzuning ilmiy yangiligi. Mаvzuni yangi pedagogik texnologiyalardan,yangi samarali usullardan foydalangan holda yoritish,o’quvchilar so’z turkumlari mavzusini chuqurroq va oson o’rganishlari uchun yangi usul va didaktik o’yinlarni qo’llash yo’llarini topish mavzuning ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari.Ushbu kurs ishida maqsad boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z turkumlarini unumli,interfaol usullardan ,yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanib o’rgatishdir
- bоshlаng’ich sinf oquvchilаrining so’z turkumlari, ulаrning so’rоqlаri hаqidа 1-2-sinfdа оlgаn bilimlаrini mustаhkаmlаgаn hоldа 3- sinfdа bu bilimlаrni kеngаytirish vа ulаrgа yangi mа’lumоtlаr bеrish yo’llаrini ishlаb chiqish;
- bоshlаng’ich sinf o’quvchilаrining grаmmаtik sаvоdхоnligini оshirishdа hаrаkаtni bildirgаn so’zlаr tа’limining tutgаn o’rnini аniqlаsh;
- boshlang’ich sinflarda so’z turkumlari mаvzusini o’tishdа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishning sаmаrаdоrligini аniqlаsh tаvsiya etish;
- so’z turkumlari bilаn tаnishtirish jаrаyonidа o’quvchilаr lug’аt bоyligini оshirishning sаmаrаli yo’llаrini o’rgаnish;
Mavzuning manbasi. “Tа’lim to’g’risidа”gi, Qоnun vа Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi, Kаrimа Qоsimоvаning “Bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tili o’qitish mеtоdikаsi”(Tоshkеnt, 1985), To’хliеv B., Shаmsiеvа M., Ziyodоvа T. O’zbеk tili o'qitish mеtоdikаsi (Tоshkеnt, 2006), Х. G’ulоmоvа., T .G’аffоrоvаlаr hаmmuаllifligidа yozilgаn “1-sinfdа оnа tili dаrslаri” (Tоshkеnt. “Shаrq”, 2003), Qоsimоvа K., А.Nе’mаtоvаlаrning “2-sinfdа оnа tili dаrslаri” (Tоshkеnt. “Shаrq”, 2004.) K.Qоsimоvа, S. Mаtchоnоv, Х.G’ulоmоvа, Sh.Yo’ldоshеvа, Sh.Sаriеv. “Оnа tili o’qitish mеtоdikаsi” (Tоshkеnt “Nоshir”, 2009) o’quv-usuliy qo’llаnmаlar mavzuning manbasi hisoblanadi.
I bob. Mustaqil so‘z turkumlarining o’ziga xosligi va ta’limdagi ahamiyati.
1.1.So‘z turkumlari va klassifikatsiyasi.
Uzoq o`tmishda ham odamlar o`z ona tillarida ishlatiladigan so`zlarning so`zlashuvda farqlanishiga e`tibor berishgan. Bir so`zlar predmetlarni, boshqalari xususiyatlarni ko`rsatadi, qolganlari kelishiklarda turlanadi, yana birlari shaxs va zamonlarda o`zgaradi. Qadimgi hind va yunon tilshunoslari tomonidan qilingan bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so`z turkumlarini ajratish uchun asos bo`ladi: Ot va fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so`zlarni uchta so`z turkumlariga ajratadi: ot, fe`l va bog‘lovchilar. Miloddan avvalgi III-II asrladagi elinizm davrida Aleksandr grammatikasi maktabi tashkil etiladi va uning namoyondasi Aristarx Samofrakskiy tarixda birinchi marotaba sakkizta so`z turkumidan iborat klassifikatsiya (tasnif) tuzadi. Bu so`z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va bog‘lovchilar. Bu klassifikatsiyada sifat so`z turkumi mavjud emas, bu o`z navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o`sha paytlarda sifat so`z turkumi ot so`z turkumi bilan umumiy tarzda turlangan va bir so`z turkumini tashkil etadi, bu so`z turkumi "ism" deb atalgan. Boshqa tomondan, bu klassifikatsiyada sifatdosh alohida so`z turkumi sifatida ajratilgan.
Aristarx o`z klassifikatsiyasiga asos qilib ikki tamoyilni oladi: morfologik tamoyil - "ot turlanadigan so`z turkumi", semantik tamoyil - "jism va narsani ko`rsatadi", shuningdek, u predmetning umumiy va xususiy qirralarini hisobga oladi. Ham umumiy, ham xususiy tarzda aytilganda (umumiy ma`no - odam, xususiy ma`no - Suqrot).Yana bir aleksandriyalik grammatist Dionisiy Frakiyskiy (m.avv.170-90- yil) yunon tilidagi zamon tizimini quyidagicha tasvirlaydi: "Uch zamon mavjud - hozirgi, o`tgan, kelasi. Bulardan o`tgan zamon to`rt turga bo`linadi - uzoq muddatli, oldingi, oldin tugatilgan, cheklanmagan. Ularda uch xil tegishlilik bor - hozirgining uzoq muddatli bilan, oldingining oldin tugatilganligi bilan, cheklanmaganning kelasi bilan "2. F.I.Buslayev (1818-1897) ikki turdagi so`z turkumlarini ajratardi - mustaqil, bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so`z turkumlarini - olmosh, son, predlog, bog‘lovchi va ravish.
A.A.Potebnya (1835 - 1891) so`z turkumining shu bo`linishini saqlab turib ravishni mustaqil so`z turkumiga, ko`makchi fe`llarni yordamchi so`z turkumlariga kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o`ringa ega.
Turlar bo`yicha katta ahamiyatli so`zlar tasnifini akademik F.F.Fortunatov (1848 - 1914) ishlab chiqdi. O`z klassifikatsiyasida u faqat morfologik kriteriya (mezon)ni asos qilib oldi, ya`ni grammatik shaklning bor - yo`qligi yoki biz hozir aytadiganimizdek, so`zning so`z o`zgartiruvchi morfemalarni olish - olmasligi. U tildagi barcha so`zlarni fikr-mohiyatni belgilaydigan to`liq so`zlar, qisman yuklamalarga bo`ladi.
Tasnif (arabcha «saralash», «tartibga solish») narsa va predmetni aniq va doimiy o’ringa ega bo’lgan guruh (sinf)ga bo’lish. Agar tasnif ilmiy asosga ega bo’lsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. So’z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so’z turkumlari o’zida u yoki bu belgisiga ko’ra ajratilgan so’z guruhlari ekan, guruhga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar o’zlaricha hal etadi. Bundagi ilmiy bahslar, avvalo, turkumlarga ajratish mezonlari, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasi. Boshqacha aytganda, tilshunosligimizda asosiy e‘tibor so’z turkumlari tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhim masala – so’z turkumlarining o’zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko’pincha nazardan chetda qoladi. So’z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo’lgani kabi, o’zbek tilshunosligida ham, so’zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so’z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo’lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma‘noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba‘zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so’zlarni ma‘noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So‘z guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida so‘z turkumining muayyan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo‘yadigan asosiy talabidan biri bo‘lgan «tasnifni faqat bir mezon asosida amalga oshirish, tasnifning ikki belgisini bir paytning o‘zida qo‘llab, ularni qorishtirmaslik» qoidasiga qat’iy rioya qilish lozimSo’z turkumlarining chegaralari masalasida tilshunos olim L.V.Sherba shunday yozadi: «Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniq. So’z turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holat tilshunosning diqqatini ko’proq o’ziga jalb etmog’i lozim”3.
Arastu so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan va unga ot, fe’l,
va bog’lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qarib 12 – 13 asr o’tgandan keyin, ulug’
bobokalonimiz Mahmud Koshg’ariy ham so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan.
So’z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug’ullana boshlashishi barobarida so’z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, 19 – 20-asrlarda keng taraqqiy etdi.Morfologik tasnifda so‘zlarning ikki muhim jihati e’tiborga olinadi: so‘zlarning shakl yasalishiga potensial imkoniyati va muayyan grammatik kategorial ma’no ifodalanishining ma’lum bir so‘z guruhlari bilan bog‘liqligi.
Birinchi jihatga ko‘ra morfologik o‘zgaruvchi va o‘zgarmas so‘z farqlansa, ikkinchi jihatga ko‘ra, so‘zlarning morfologik guruhlari (so‘z turkumlari) ajratiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling