Kirish Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif


Download 110 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi110 Kb.
#1440074
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soyabonguldoshlar oilasi


MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………………………………..2
1.Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif………………………………………………..3
2.Soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi o’siliklar………………………………..8
3.Soyabonguldoshlarga mansub o’simliklarni rivojlanish xusuiyatlari…..15
4. Bu oila vakillarining tarqalishi………………………………………………18
Xulosa……………………………………………………………………………21
Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………………22

KIRISH
Bu oilaga kiradigan o‘simliklar asosan daraxtlar xolida bo‘lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qo‘shpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf ahyon-ahyonda zigomorf va mayda-mayda bo‘lib, kallak yoki boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Bu oila o’z ichiga 3500atrofidagi turlarni birlashtrgan. Gulqo‘rg‘onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, o‘sha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi hashoratlarni jalb qiladi. Gulqo‘rg‘oni qo‘shaloq yoki gultoji taraqqiy qilmay qolganligi natijasida ba’zan oddiy bo‘ladi. Kosachabarg asosan beshta (lekin, ko‘pincha to‘rtta, uchta yoki oltita) bo‘lib, bir-biriga qo‘shilib, goho qo‘shilmay o‘sadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular qo‘shilmagan yoki ba’zan bir-biriga birmuncha o‘sgan bo‘ladi. Otaliklarining soni turlicha. Ba’zi avlodlarida ularning soni kosachabarglar soniga baravar bo‘lsa, ba’zilarida ikki marta ko‘p, yoki bir talay. Otalik iplari goho mutlaqo erkin tursa, goho qo‘shilib o‘sib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil qiladi. Mevasi loviya shaklida bo‘lib, ochiladi yoki bir urug‘i bo‘g‘imlariga bo‘linib ketadi.


Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko‘prog‘i Avstraliyada tarqalgan. Avstraliyada o‘sadigan akatsiyalar ko‘pincha plastinkalari hiyla yoki tamoman reduksiyalangan, bandi vertikal tekislikda keng tortgan barglar chiqaradi (fillodiy), bu assimilyatsiya qiladigan yuza yetarli darajada keng bo‘lgani holda bug‘lanishning haddan tashqari kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Acacia avlodining turlari Afrikada ham keng tarqalgan bo‘lib, barglarini to‘kadigan tropik daraxtlari o‘rmonlarda uchraydi va savannalarga manzara berishda xissa qo‘shadi. Afrika akatsiyalari ba’zan tepasidan bosilgandek bo‘lib ko‘rinadigan g‘alati shox-shabba chiqaradi, soyabon akatsiya deb shuni aytiladi.Soyabonlar butun dunyo bo’ylab tarqalgan Ozbekistonda 198 turi o’sadi. Ba’zi akatsiyalarning yonbarglari tikanga aylangan, ular ichi kavak bo‘lishi ham mumkin, ichi kavak shunday tikanlar chumolilarga in bo‘ladi. Chumolilar barglarning uchida bo‘ladigan yassiqsimon alohida ortiqlar to‘qimasi (oziqli tanalar) bilan oziqlanadi, o‘sha tanalarda azotli moddalar bilan moy bo‘ladi. Talaygina akatsiyalar gulli moddasini beradi, ayniqsa senegal akatsiyasi (Acacia arabica)va boshqa ba’zi turlari shu jihatdan juda qadirli va qimmatli maxsulot beradi. Akatsiyalardan olinadigan gummi texnikada Gummu arabicium deb ataladi. (gummi arab degan sirach nomi shundan olingan) Akatsiyalarning po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar ko‘p (bu moddalar import qilinib yuvropaga keltiriladi).



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling