Kiritish haqida
-modda. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi
Download 270.98 Kb. Pdf ko'rish
|
29-modda. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi. (29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3- yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi: ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish sifatini; xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini; xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari quyidagi huquqlarga ega: nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan so‘rash va olish; Oldingi tahrirga qarang. Не у дает ся от образит ь связанны й рису нок . Возможно, эт от файл был перемещ ен, переименован или у дален. Убедит есь, чт о ссылк а у к азывает на правильный файл и верное размещ ение. tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni taqdim etish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish; (29-modda uchinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni va shartlarni buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish; Oldingi tahrirga qarang. mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob- uskunalardan foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish. (29-modda uchinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshisilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375- son) Oldingi tahrirga qarang. Mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ”. Download 270.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling