"Konseptual jadval asosida "Badiiy asar tili" modulini urganish"
I-2. Muallif va qahramon nutqining individualligini tadqiq etish
Download 1.2 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personaj nutqi
I-2. Muallif va qahramon nutqining individualligini tadqiq etish.109 Odatda, badiiy asar matnining asosiy qismi muallif tilidan tarkib topgan bo‘ladi. Chunki ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, yechimi kabi sujet qismlari, peyzaj, qahramonlarning ruhiy holatlari muallif so‘zi orqali gavdalantiriladi. Umuman, muallif o‘z asarining hikoyachisi, naqlchisi bo‘ladi. Ko‘pgina asarlarning muallif so‘zi bilan bopshanishi ham shundan dalolat beradi. Aslida ham asarning barcha qahramonlari muallif yorhami, aniqrogi, uning so‘zlari bilan harakat qiladi. Muallif doimo ular bilan birga bo‘ladi. Kitobxonga qahramonlarni ko‘rsatib turadi. Personajlarning o‘y-kechinmalari, yashirin-oshkora fikrlaridan xabardor qiladi. Ular turgan muhit manzarasini gavdalantiradi. Ayrim asarlarda voqealar qahramon tilidan hikoya qilinadi. Masalan, G‘.G‘ulomning «Yodgor» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi shunday asarlar sirasiga kiradi. Biroq ularda ham qahramonlarni muallif so‘zlatadi. Muallif personajlarning tashqi qiyofasi, ichki kechinmalarini tasvirlash bilan ularni so‘zlatadi. So‘zlatganda ulardan har birining nutqiga alohida e’tibor beradi. Chunki personajlarning har biri o‘ziga xos tarzda gavdalanishi, ularning gap-so‘zlari ana shu xususiyati-ni yorqin namoyon etishi lozim. Qahramonning diqqatini jalb etadigan birinchi belgisi uning nutqidir. Misol uchun Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanida Otabek shunday deydi: «Meni zo‘rlagan va majbur qilgan edilar, dada! Sizning o‘g‘lingiz bo‘lgan bir yigitning sha’niga, albatta, odam o‘ldirish g‘oyat va nomusdir... Siz o‘zingizning orzu - havasingiz yo‘lida meni majbur qildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jondorlikni xoh, noxoh ishlashga majbur qoldim!.. Sizni gunohkor qilishga va go‘nohingizni kechishga mening haqqim yo‘q, dada! Lekin gunohsiz bo‘la turib ham yana muvoxira ostiga turganim uchun o‘zimni mudofaa qilishga majburman». Asar qahramonlari nutqi dialog va monolog shaklida ifoda etiladi. Dialog va monologlarda qahramonlarning ichki dunyosi, fe’l-atvori aks etadi. Ijodkorlar qahramonlar nutqida ular yashagan tarixiy davrga xos so‘zlash tarzini hamda ularning kasb-kori, ma’naviy sajiyasi (intellektuallik darajasi)ni gavdalantirishga harakat qilishadi. Chunki mantiq shuni taqazo etadi. Dialog, monolog asarni ta’sirchan qiladigan vositalar sirasiga kiradi. Dialog yunoncha so‘z bo‘lib, «ikki kishi o‘rtasidagi so‘zlashuv» degan ma’noni anglatadi. Monolog ham yunoncha so‘z bo‘lib, u badiiy asarda ishtirok etuvchi personajiarning o‘z-o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi sanaladi. Dialog va monologning asarni ta’sirchan etuvchi, o‘ni yodda qoldiruvchi unsurlardan ekanligi she’riy, nasriy asarlardan ham ko‘ra, drama janriga mansub asarlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Drama, komediya, tragediya matni to‘laligicha dialog va monologlardan tarkib topadi. Sahna asarlarini ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Monologlar namoyon bo‘lish tarziga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: tashqi monolog va ichki monolog. Tashqi monolog qahramonning o‘z nutqini ovoz chiqarib bayon etishi bo‘lsa, ichki monolog uning ichki o‘y-kechinmalaridir. Tashqi monolog shakli ko‘proq drama, komediya, tragediyada qo‘llansa, ichki monolog barcha janrlardagi asarlarda keng ishlatiladi. Masalan, hayotda har bir odam boshqa bir kishi haqida kunglida qandaydir xayollarga boradi. Ana shu hodisa badiiy asarlarga ham ko‘chiriladi. Roman, qissa, doston personajlari bir-birlari haqida turli o‘ylarga borishadi. Demak monolog personajlarning o‘zi haqidagi o‘ylaridangana iborat bo‘lmaydi. U boshqalar to‘g‘risidagi, tevarak-atrofdagi hayot haqidagi orzu-o‘y, mushohadalarni ham mujassam etadi. Personajlarning dialog, monologlarida arxaik shevaga oid, kasb-korga tashtluqai so‘zlar uchraydi. Ular zamonni, persoiajning mashg‘uloti, tugilib usgan joyini o‘ziga xos tarzda ayon etib turadi. Avvallari qo‘llangan bo‘lsa-da, ayni paytda nutqda ishlatilmay qolgan so‘zlar arxaik so‘zlar sanaladi. SHevaga xos so‘zlar esa muayyan hudud kishilari nutqiga xos so‘z va iboratdir. Arxaik so‘zlar o‘tmish manzarasini gavdalantirish maqsadida qo‘llansa, shevaga xos so‘zlar personajlar tilining o‘ziga xosligini namoyon etish, uning manzil-makonini bildirish uchun lozim bo‘ladi. Kasb-korga oid so‘zlar esa qahramonlar mashg‘uloti, ular turmush tarzini ko‘rsatish vajidan asqotadi. Masalan, shaxtyorlarning ish tarzi bilan cho‘ponlarning kundalik ishi bir-biridan farq qiladi. Shunday ekan, chorvadorlar, shaxtyor yoki baliqchilar haqidagi asar personajlar nutqidan ham aniq bilinib turishi lozim. Ana shu maqsadda yozuvchilar o‘z asarlarida shevaga, kasb-korga oid so‘z, iboraparni qo‘llashadi. Bular mavjud voqelikni aniq aks ettirish imkoniyatini yaratadi. 110 Ba’zan kishilar o‘zaro mulokotlarida faqat bir-birlari tushunadigan so‘z, iboralarni qo‘llashadi. Masalan, tibbiyot xodimlari bemor huzurida uning kasalligi haqida bir-birlari tushunadigan atamalarni qo‘llab gaplashishadi. Ular davolash usullari, qanday dori-harmonlarni ishlatish lozimligi xususida o‘zaro maslahatlashishadi. Biroq bu muloqotda nimalar deyilayotganini hamma bemor ham to‘lik tushunavermaydi. Tibbiyot xodimlari nutqidagi boshqalar uchun tushunarsiz terminlar kasb-korga, aniqrog‘i, sohaga oid so‘zlar sanaladi. Biroq yana shunday so‘z, iboralar ham borki, ular jargonlar deb ataladi. Jargon frantsuzcha so‘z bo‘lib, «buzilgan til» degan ma’noni bildiradi. Binobarin, jargon so‘n’iy, yasama tildir. U muayyan guruh kishilari doirasidagina qo‘llanadi. Jargon so‘zlar ham barcha kishi-larning nutqida ishlatiladigan so‘z, iboralardan tarkib topgan bo‘ladi. Biroq guruh a’zolari muayyan so‘z, iboralarni o‘zlarigina tushunadigan ma’noda ishlatishadi. Ular nazarda tutgan ma’noni boshqalar bilmaydi. Badiiy asarlarda o‘g‘rilar, qimorbozlar obrazi gavdalantirilganda ularning no‘tqada ishlatiladigan so‘z, iboralar - jargonlar keltiriladi. CHunonchi, Tohir Malikning «SHaytanat», «Murdalar gapirmaydilar» asarlarida jargon so‘zlar o‘g‘ri - jinoyatchilar qiyofasini ishonarli ko‘rsatish uchun o‘ziga xos vosita bo‘lgan. Bundan tashqari muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo‘lganligi sabab, u “qo‘mondonlik” vazifasini bajaradi: har bir personajning o‘rnini, o‘y kechinmalarini, fikr-mulohazalarini, harakatlantiruvchi muhitning shart-sharoitlarini, muomala – munosabatlarini ta’rif-tavsiflash, ko‘rsatish orqali - hammasini bir maqsadga – asarda ifodalanayotgan fikr – g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun harakatga keltiradi. Bu harakatning zarur ikir-chikirlarigacha tasvirlaydi. Ularni bir-biriga mustahkam qilib bog’laydi. Go’yo qildan arqon to’qiydi. Va “arqon”ning qanday to’qilganini kitobxonga tushuntirib boradi. Ayni paytda, tasvirlanayogan hamma narsa (obraz, muhit, tafsilot, detal)ga munosabatini bilvosita bildiradi. hatto, G’aybullo as-Salom aytganlaridek “Bir atirning o’zi har xil odamda har xil hid taratadi”. Bitta misolga, “O’tgan kunlar”dagi “Qudalarni kutib olish” bobidagi bir lavhaga diqqat qilaylik: “hasanali yo’lakka qarab imladi... Qip-qizarg’an holda Kumush ko’rindi: paranjisi qo’lida, qora atlas ko’ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro’mol boshida. Shahlo ko’zlari kulumsirashga yaqin holda, uyatlik edilar Hasanali tanitti: Mana bu kishi qayin onangiz – bekoyim bo’ladilar. Kumush salom berdi va qo’lidag’i paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o’zini o’zbek oyimning quchog’iga oldi. O’zbek oyim ham uni mahkam siqib, quchaqlab olg’an, yuzidan shap-shap o’pib, aylanib, o’rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig’lar edi”(311-bet). Ushbu lavhadagi hasanalining “Mana bu kishi qayinonangiz bek oyim bo’ladilar” gapidan tashqari hammasi yozuvchining nutqidir. Yozuvchi Kumush va O’zbekoyimning ko’rinishidan boshlab to ularning holatlarigacha, holatlaridan hatti-harakatlarigacha, harakatlaridan ichki ruhiy kechinmalarigacha xarakterlaydi. Bu nutq aniq, tiniq, yorqin, bo’yoqdor, jonli bo’lgani sabab, ochiq aytilmagan ko’p gaplarni ham ilg’aydi, sezadi. Chuqurroq tahlil etsa uning mohiyatiga ham yetadi. Kitobxon “Shahlo ko’zlari kulumsirashga yaqin holda uyatlik Kumushning” salom berishini, qo’lidagi paranjisini yerga tashlab, shoshib yoki yurib emas, balki yugurib kelib O’zbekoyimning quchog’iga kirib ketishi – behad sog’ingan, bu uchrashuvni intiqib kutgan yaqin odamning samimiyatiga teng, balki undan ham zo’rroq odamiylik nuri bor edi. Bu nur Kumushni ko’rmasdan, unga adolatsizlik qilgan, sodda dil, “dumbul tabiatli O’zbek oyimni birdan o’ziga keltiradi: U qilmishlariga pushaymon bo’ladi, Kumushning samimiyligidan unda ham odamiylik uyg’onadi. (Buni yozuvchi “nima uchundir” deydi xolos) Kumushni mahkam quchoqlab emas, “mahkam siqib quchoqlab” oladi, yuzidan shap-shap “tinimsiz” o’padi, aylanayin, o’rgilayin deya, ko’z yosh to’kmaydi, balki, “tikilib-tikilib yig’laydi”. Shuning uchun ham bu lavhani qayta-qayta o’qigan yirik san’atkor Odil Yoqubov deydi: “Bir kitobxon sifatida buni men ham sezaman va beixtiyor ko’zimga yosh olaman... Yozuvchining mahorati deb, o’z qahramonining dilini bilishi deb – mana buni aytadilarh..” Mana shu misolning o’zidanoq ko’rinadiki, avtor nutqi badiiy asar qurilishida asosiy o’rinni egallaydi. U doimo adabiy til normalari asosida ish ko’radi, vulgarizm, varvarizm, jargonizm, sheva so’zlarga o’xshash leksik boyliklardan uzoqda bo’ladi. Faqatgina bir holatda, voqea yozuvchining nutqi bilan emas, balki hikoyachi nutqi orqali (“Shum bola”, “Mening o’g’rigina bolam”- G’.G’ulom, “Davr mening taqdirimda” - A.Muxtor) olib borilganda istisno bo’lishi mumkin. Unda hikoyachining yoshi, jinsi, saviyasi, ma’naviyati, madaniyati, shevasi, kasbi-kori aks etishi tabiiydir. 2. Personaj nutqi. Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning har biriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq tipikligi va individualligi, obrazliligi bilan har bir shaxsning dunyoqarashini, tajribasini, xulq-atvorini, ma’naviyatini, salohiyatini, boring-chi, butun borlig’ini mubolag’ali va ishonchli qilib ochib berishi-ko’rsatishi lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti(ruhiy kayfiyati, his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi. Personaj nutqi dialog va monolog vositasida voqye bo’ladi. Dialog(lat.dialogos-ikki kishi o’rtasidagi so’zlashuv) – ikki yoki undan ortiq personajlar o’rtasidagi nutq shaklidir. U asarda har bir qahramonning xarakterini, ruhiyatini, o’y-orzularini ifodalaydi, o’zining jo’shqinligi, ma’nodorligi qisqaligi va ixchamligi bilan diqqatni jalb etadi: Siz... qochqoqsiz, - dedi Siz... Men? Siz quvloqsiz. - Ajab qilaman, dedi Kumush va shapalog’i bilan erining yuziga sekingina urib qo’ydi. Bu yoqqa ham... U yoqqa Zaynab ursin. Zaynabni... urishga haqqi yo’q. Kumushning ko’zida haligacha ko’rinmagan bir shodlik o’ynaydi: To’g’ri aytasizmi? To’g’ri aytamanh - Mana bo’lmasa, - dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini silagandek qilib qo’ydi. Yana kulumsirashib, termulishib qoldilar... (322-bet). Ushbu dialog qa’rida qahramonlarning shu paytgacha tortgan iztiroblariyu azoblari, ahdu paymonlarga sodiqliklari, sevgi-muhabbat tuyg’usining hayajoni judayam qabariqli va qisqa tarzda, dilbar ko’rinishda ifodasini topgan. Shuning bir qirrasini ko’raylik: Kumush “U yoqqa Zaynab ursin” deganida, Otabek “Zaynabning... urishka haqqi yo’q” javobini aytadi. Bu bilan Kumush muhabbatiga hamon oshnoligini, o’sha bilan yashayotganini, uni hyech vaqt unutmaganini, Zaynabga nisbatan “tirik haykal”ligini... bildiradi, xarakterining sobitligini isbotlaydi, qalbidagi hokim tuyg’uning haroratini uzatadi. ha, badiiy dialog holatni, o’y-xayolni talqin qilmog’i - uning ochiq mazmunidan yashirin mohiyati sari borishga kitobxonni “majbur” qilishi – bosh talabdir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling