Magistral konveyrlar karer yuzasida joylashgan bo‘lib, qoplama jinslarni ag‘darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mo‘ljallangan.
Ag‘darma konveyrlar ag‘darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga o‘xshab ketadi. Ular ag‘darma fronti deyiladi. Tuzilishi bo‘yicha qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini o‘taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to‘plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, shuning uchun u o‘zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bo‘lib, qabul qiluvchi va konveyer so‘ngida to‘kuvchi qismlari bo‘lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. YAssi tekislikda qabul qiluvchi moslama va to‘kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin.
12.4. Chizma. Karerda yuk ko‘taruvchi konveyrni qo‘llash.
Konveyr texnologik parametrlariga unumdorlik, konveyer stavining uzunligi, qiyalik burchagi, yuritgich quvvati kiradi, shuningdek lenta eni va tezligi ham hisobga olinadi.
Konveyerning texnik tasnifi.
Konveyer
|
KL-500
|
KLJ-800
|
S-160
|
KMMZ
|
NKMZ
|
Lenta eni
|
1000
|
1200
|
1600
|
1200
|
1800
|
Harakat tezligi, m/s
|
2,26
|
2,58
|
1,6-3,15
|
3,6
|
4,35
|
Unumdorlik, t/s
|
500
|
800
|
600-1950
|
5000
|
3150
|
Konveyer stavining uzunligi, m
|
400
|
800
|
1100
|
800
|
500
|
YUritgich quvvati, kvt
|
75
|
150
|
400-800
|
400
|
1500
|
Ochiq kon ishlari uchun katta konveyer komplekslari GDR, CHexiya, Germaniya, AKSH va Rossiya mamlakatlarida ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |