Korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi № kt-02-11/23


Download 57.4 Kb.
bet2/5
Sana07.11.2023
Hajmi57.4 Kb.
#1753998
1   2   3   4   5
Bog'liq
2. shartnoma kt-02-11.23 qo\'qon

3. Tadqiqotchiningmajburiyatlari

3.1. Mazkur shartnoma imzolangan kundan ishlarni boshlaydi va barcha ishlarni to‘liq hajmda va muddatlarda o‘zining kuchi va yoki jalb qilingan kuchlar bilan tasdiqlangan boshqaruv me’yorlar va standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining belgilagan qoida va qo‘llanmalari va mazkur shartnomaning hujjatlariga asoslanib bajaradi hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshiradi. Korxona ta’sischi va direktori bilan bajariladigan ishlar bosqichlarini kelishadi, bajarilayotgan ishlar haqida ta’sischiga axborot taqdim qiladi.


3.2. Buyurtmachining ruxsatisiz bajarilgan ishlarni uchinchi shaxsga bermaydi.


4. Buyurtmachining majburiyatlari

4.1. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:


-mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatdaishlarni bajarish uchun tegishli hujjatlarni dalolatnoma bo‘yicha Tadqiqotchi berish;
-ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Tadqiqotchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Tadqiqotchitugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash;


5.To‘lovlar va hisob-kitoblar

5.1. Buyurtmachi Tadqiqotchiga tegishli manzilli dasturga asosan shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 % miqdorida avansni o‘tkazadi.


5.2. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin berilgan avansni hisobga olgan holda, tegishli loyiha buyicha mablag‘lar ajratilganidan so‘ng loyiha shartnomaviy joriy qiymatining miqdorida amalga oshiriladi.
5.3. Tadqiqotchi bajargan loyihaga mazkur shartnoma bo‘yicha mulk xuquqini o‘zida saqlab qoladi. Bajarilgan ishlar Buyurtmachiga topshirilgunga qadar tasodifiy yo‘q qilinishi va shikastlanishi xavfi Tadqiqotchining zimmasida bo‘ladi.
6.Ishlarni bajarish

6.1. Buyurtmachi tayyorlangan loyihaga mutaxassis tayinlaydi. Mutaxassis loyihani tuzish bosqichlarini kelishadi, tadqiqotchi loyiha xakida axborot taqdim qiladi.


Mutaxassis Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan loyiha sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Tadqiqotchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.



Download 57.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling