Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

15.2-rasm. Metallsimon yaltirash (pirit) 
Minerallarda yorug‘likning qaytish ko‘rsatikichiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi 
asosiy faktorlardan biri o‘sha nurni qaytaruvchi yuzadir. 
Biz jadvalda ko‘rib turgan yaltirash tekis, silliq yuzali minerallar uchun 
xosdir. Ammo minerallarning singan yuzalari, o‘ta silliq bo‘lmay, ayrim 


68 
minerallarda g‘adir-budur, o‘nqir-cho‘nqir bo‘ladi. Shu sababli shishadek, 
olmosdek va boshqa yaltirashlar xiraroq tus olib boshqacha yaltirashlar yuzaga 
keladi. Buning sababi qaytgan yorug‘lik birmuncha tarqalib, o‘z tartibini qisman 
yo‘qotadi. Buning natijasida yog‘liqsimon yoki yog‘langandek yaltirash yuzaga 
keladi. Bu voqeani nam havoda tosh tuzni yangi singan joyini yaltirashini vaqt 
o‘tishi bilan yupqa yog‘ qatlami o‘rab olgandek ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rib 
kuzatishimiz mumkin. 
Agar mineral yuzasi bundan ham dag‘alroq yuzaga ega bo‘lsa mumdek 
yaltirash yuzaga keladi. Bu yashirin kristallangan massalar va och rangli gellar 
uchun xarakterlidir. Masalan: ko‘p uchratiladigan kremenlar, galluazit gruppasiga 
kiradigan minerallarning kolloid massalari va boshqa minerallar shu jumladandir. 
Mayin dispers massalarda, juda mayda g‘ovaklar bo‘lsa, u holda tushayotgan 
yorug‘likning hammasi har tomonga tarqalib ketadi. Mikroskopik g‘ovakchalar 
yorug‘likni to‘sib qoluvchi «parda» hisoblanadi. Minerallarning bunday yuzasi 
xira yuza deb aytiladi. Bunga bo‘r, kaolin, har xil oxralar, pirolyuzit, temir 
gidrooksidlarining mayda g‘ovakli massalari misol bo‘lishi mumkin. 
Tuzilish elementlari fazoda bir yoki ikki o‘lchovda muayyan tartibda 
joylashganligi aniq ko‘rinib turgan ba’zi minerallarda ularning tovlanishi deb 
ataladigan yaltiroqlik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos hodisa kuzatiladi. Parallel 
tolalardan tuzilgan minerallar o‘ziga xos ipaksimon yaltirashga ega bo‘ladi. 
Masalan: xrizotil – asbest (15.3-rasm). Kristall strukturasi qat-qat tuzilgan va 
ulanish tekisligi yaqqol ko‘rinib turgan minerallar sadafsimon yaltiraydi. Masalan: 
muskovit, gips, talk. 
Minerallarning nurni sindirish ko‘rsatkichi bilan bog‘liq bo‘lgan yuqorida 
ko‘rsatilgan turli-tuman yaltirashlar, asosan minerallarning kimyoviy tarkibi va 
kristall strukturasi bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadi. 


69 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling