Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 448.21 Kb.
bet2/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda, barqaror o‘sish sur’atlariga erishishda davlat monetar siyosatining o‘rni beqiyosdir. So‘nggi yillarda respublikamizda tarif va pul-kredit sohasida ko‘rilgan chora-tadbirlar inflatsiya darajasini asta-sekin pasaytirish imkonini berdi, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minladi.
Shu bilan birga global moliya-iqtisodiy tizimidagi murakkab va tez o‘zgaruvchan, shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solishni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan monetar siyosatning amaldagi instrumentlarini va ularning amal qilish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori1qabul qilindi va “Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar” Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Respublikamizda monetar siyosatning oqilona tashkil etilishi, uning vosita va instrumentlari hamda ularning amal qilish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, barcha soha va tarmoqlarning samarali amal qilishi hamda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim ahamiyatga kasb etadi. Shuning uchun pul-kredit tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini koʼrsatadi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling