Kutubxona kataloglari kutubxona ishini rejalashtirish maktab kutubxonasining nomenklaturasi haqida


Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX


Download 4.52 Mb.
bet7/17
Sana17.09.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1680214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX
Badiiy adabiyot ko‘pchilikni qiziqtirgani uchun ham unga
oid so‘roqlar ko‘p uchraydi. Bibliografik qidirish tajribasidan ma’lumki, bunday so‘roqlar juda xilma-xil va ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: yozuvchilar va ularning asarlari; sarlavhasi bilan kitobxonga ma’lum bo‘lgan badiiy asar; aniq bir mavzuga oid badiiy asar; aniq bir janrga oid badiiy asar; aniq milliy adabiyot namunasi; adabiyot nazariyasi va tarixi bilan bog‘liq adabiyotshunoslikka oid asar; o‘lkashunoslik xarakteridagi adabiy so‘roq; faktografik so‘roq. Ularning har birini bajarishda so‘roq maqsadini, axborot talabgorining tayyorgarlik darajasini, qidirish manbasini, xususiyatini bilish, ulardan foydalanish malakasini egallagan bo‘lishi shart. Qidirishning asosiy manbasi kataloglar, jurnal va to‘plamlardagi maqolalar yoki umumiy kartotekadagi tegishli bo‘limdir. Bibliografik qidirish jarayonida kitobxonlarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan asarlarni sarlavhasi bilan so‘rash hollari ko‘p uchraydi. Bunday paytda badiiy asarlarning sarlavhalar kartotekasidan foydalaniladi. Aniq bir mavzuga oid yozuvchilarning asarlarini qidirishda mavzuli bibliografik so‘roq bajariladi. Bunda bibliografik so‘roqning xronologik va milliy chegarasi, ko‘pincha, qiyinchilik tug‘diradi. Aniq janrga oid so‘roq bilan kitobxon
murojaat qilsa, bu ham mavzuli bibliografik so‘roq kabi bajariladi. Qidirish manbasi sifatida umumiy katalog, boshqa turdagi bibliografik kartotekalar, ma’lumotlar bazasi, badiiy asarlar kartotekasi, tavsiya va boshqa bibliografik qo‘llanmalar tavsiya qilinadi. Milliy adabiyot namunalari so‘ralganda yana umumiy katalogga murojaat qilinadi yoki elektron katalogdan foydalaniladi. KBK jadvali asosida milliy adabiyotlar guruhlashtiriladi, hamda boshqa xalqlar adabiyoti, masalan, qozoq, qirg‘iz, tojik, nemis, ingliz adabiyoti tegishli bo‘limlarda joylashtiriladi.
Shuning uchun kutubxonalarda mavjud an’anaviy va electron katalog yordamida kitobxon so‘rog‘i bajariladi. Shu kabi boshqa so‘roq turlari ham tegishli manbalar yordamida ijro etiladi.

Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling