Laboratoriya ishi №1 O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish. I. Ishni bajarishdan maqsad


Download 205.21 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi205.21 Kb.
#1063367
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi

V. Nazorat savollari:

  1. Qanday xollarda iste’molchilar ketma-ket yoki paralel ulanadi?

  2. Iste’molchilarni ketma-ket va paralel ulashning afzallik va

kamchilik tomonlari.
3. Zanjirdagi umumiy tok kuchi Ium bilan mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi orasidagi farqni tushuntiring.

  1. Nima uchun zanjirda voltmetr paralel ampermetr ketma-ket

ulangan? Aksincha ulansa nima bo‘ladi?
VI. Xulosa. Tajriba ishini bajarish va natijalarni xisoblash jarayonida olingan xulosalaringizni yozing.
Tajriba ishini yanada mukammallashtirish, uning tushunarli bo‘lishi va amaliy axamiyatini oshirish uchun yana nimalarga e’tibor berish kerak.
VII. Adabiyotlar
Asosiy:

  1. G. Rizzoni Principles and Applications of Electrical Engineering



  2. A.S. Karimov Elektrotexnika va elektronika asoslari. T. O‘qituvchi 1995 y. 6-21 betlar.

  3. A.S. Karimov Elektrotexnika. Masalalar to‘plami va laboratoriya ishlari.T. O‘qituvchi. 1989 y. 87-91 betlar.

  4. Fan bo‘yicha №2 ma’ruza 2.2 bo‘lim.


Laboratoriya ishi № 2
Rezistor, induktiv g‘altak va kondensator elementlari ketma-ket, parallel va aralash ulangan bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarini tekshirish.
I. Ishni bajarishdan maqsad:
Aktiv qarshilik va sig‘im elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjirida kuchlanishlar taqsimotini, xamda kondensatorda tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljishlarni amalda tekshirish.
Kirish
Biz kundalik turmushimizda birlamchi tok manbai sifatida asosan o‘zgaruvchan elektr tokidan foydalanamiz. Vaqt davomida yo‘nalishi va son qiymati davriy ravishda o‘zgaruvchi elektr toki o‘zgaruvchan elektr toki deb ataladi. O‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal qonun asosida o‘zgaradi, uning tebranish chastotasi 50 Gs.
Er yuzining deyarli barcha davlatlarida 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok ishlab chiqariladi. O‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqaruvchi elektrostansiyalarning, gidroelektr stansiyalar , (suv elektrostansiyalari) issiqlik elektrostansiyalari, atom elektrostansiyalari kabi turlari mavjud. Bulardan tashqari o‘zgaruvchan tok aloxida kichik quvvatli generatorlar yordamida xam ishlab chiqariladi, bunda generator ichki yonish dvigateli asosida xarakatga keltiriladi. Bunday generatorlarga masalan elektrsvarka generatorlarini kiritish mumkin.
Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarga elektr liniyalari orqali etkazib beriladi. Elektr uzatish liniyalari elektr simlari va transformator stansiyalaridan iborat. Elektrostansiyalar, elektr uzatish liniyalari va iste’molchilar birgalikda murakkab elektr zanjirlarini tashkil qiladi. Bu zanjirlardagi fizikaviy jarayonlarni o‘rganuvchi elektrotexnikaning aloxida bo‘limlari mavjud.
Umumiy xolda o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlarida istemolchilar aktiv va reaktiv turlarga (qarshiliklarga) bo‘lib o‘rganiladi. Aktiv qarshilikda elektr energiyasi bevosita issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Reaktiv qarshiliklarda esa elektr energiyasi elektr va magnit maydonlari ko‘rinishida bo‘ladi. Reaktiv qarshilik ikki xil turga bo‘linadi, sig‘im qarshilik va induktiv qarshilik. Ko‘pchilik elektr zanjirlarida sig‘im elementlari ya’ni kondensatorlar ishlatiladi. Bunday xolda zanjirda reaktiv quvvat paydo bo‘ladi. Quyida sig‘im elementli zanjirning asosiy xusuiyatlari o‘rganiladi.


Download 205.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling