Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash. II. Mashg'ulotning maqsadi


Download 25.88 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi25.88 Kb.
#1508788
1   2
Bog'liq
4-лаборотория

Koagulyasiya –dispers zarrachalarning o'zaro bir-biriga ta'sir etishi natijasida yiriklashishi va birlashib agregatlar hosil qilish jarayonidir.
Oqova suvlarni koagulyasiya qilish usulida tozalash aniq bir reagentlardan foydalanishga asoslangan. Bunday reagentlar, ya'ni koagulyantlar tariqasida alyuminiy va temir tuzlari ishlatiladi. Suvga koagulyantlar qo'shilganda kolloid zarrachalar zaryadlari neytrallanadi va ularning agregatlanish barqarorligi kamayadi. Bundan tashqari, koagulyantlarning gidrolizlanish natijasida suvda kam eruvchan alyuminiy va temir gidrooksidlari hosil bo'ladi. Bu xil gidrooksidlarning solishtirma yuzasi katta bo'lib , ular bekorchi qo'shimchalarni adsorblaydi va cho'kmaga tushiradi.
Polidispres tizimlarda dispres zarrachalarning koagulyantlanishi monodispers tizimlardagidan tezroq boradi, chunki yirik zarralar cho'kayotganda ancha mayda zarrachalarni ham ilashtirib ketadi, zarrachalarning shakli ham koagulyalanish tezligiga ta'sir etadi Cho'zinchoq zarrchalar dumaloq zarrachalardan ko'ra tezroq koagulyalanadi.
Agregatlanish jarayonini tezlatish, agregatlarning cho'kmaga tushish tezligini ko'paytirish, suvning tiniqlanish darajasini oshirish uchun ham flokulyantlar deb ataluvchi yuqori molekulyar moddalar ishlatiladi. Suvda erimaydigan zarrachalarning flokulyantlar yordamida yiriklanish jarayoni flokulyasiya deb ataladi.
Ishni bajarish usuli:
O'lchov silindriga ma'lum miqdorda oqova suv quyiladi va dispers zarrachalar ozroq vaqt ( 20-30sek) o'tishi bilan cho'kmaga tushishi natijasida suvning tiniqlangan hajmi o'zgarmay qolguncha har gal 20-30 sekund o'tgach yozib borilaveradi. Shunday keyin silindrdagi suvda ma'lum miqdor koagulyant yoki flokulyant qo'shiladi va silindrdagi suvning tiniqlashgan hajmi qaytadan yozib borilaveradi. Olingan ma'lumotlar quyidagi jadvalga ko'chirib yoziladi:


Koagulyant qo'shilmagan


Koagulyant qo'shilgan



Flokulyant qo'shilgan



, сek

V, ml

, sek

V, ml

,sek

V, ml


Koagulyant qo'shilganda hamda koagulyant va flokulyant qo'shilganda olingan ma'lumotlardan foydalanib egri chiziq chiziladi.
Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling